Bosh sahifa » Ilm » Vaqtdagi baraka

Vaqtdagi baraka

Alloh do‘stlarining vaqtlari barakali bo‘ladi degan gap juda mashhur, balki mushohad hamdir, ya’ni ko‘z bilan ham ko‘rilgandir. Ular ozginagina vaqtda juda katta-katta ishlarni qilib yuboradilar. Imom G‘azzoliy rahimahullohning mukammal umrlari u kishining yozgan asarlarining hisobi bilan taqsimlanganida bir kunga o‘n olti juz kitob to‘g‘ri kelgan. Buni hech qandayiga tushunib bo‘lmaydi. Imom Abdulvahhob Sha’roniy o‘z kitobi “Al-yavoqiyt val-javohir”da shunday yozadilar: “Bu kitobning uch yuzta bobi bo‘lib, har bir bobni yozishda men Shayx Ibn Arabiyning “Al-futuhot”ini mukammal o‘qib chiqdim”. “Al-futuhot” esa bir necha ming sahifa keladi. Demak u kishi “Al-yavoqiyt val-javohir”ni yozishda “Al-futuhot”ni uch yuz marotaba o‘qib chiqqan bo‘lyaptilar. Shu bilan birga u kishi: “Al-yavoqiyt val-javohir”ni men o‘ttiz kun ichida yozdim”, deydilar. Binobarin, imom Sha’roniy ikki ming sahifadan kam bo‘lmagan “Al-futuhot”ni bir kunda o‘n martadan o‘qigan ekanlar. Solih olimlar hamda ulug‘larning bunday voqyealari juda ham ma’ruf va mashhurdir.

Shu o‘rinda “Vaqtda bu qadar kenglik qanday qilib paydo bo‘lishi mumkin?” degan savol paydo bo‘ladi. Holbuki, biror kishining soati oltmish daqiqadan, bir kecha-kundizi esa yigirma to‘rt soatdan oshmaydi. Hujjatul islom, hazrat, mavlono Muhammad Qosim Nonutaviy rahimahullohning bu to‘g‘ridagi tahqiqlari shuki, vaqtning bir tuli, ya’ni bo‘yi, uzunligi bo‘ladi. Buni hamma biladi. Soat va daqiqalar mana shu tul (bo‘y, uzunlik)ning nomidir. Xuddi shunday vaqtning arz, ya’ni eni va kengligi ham bo‘ladiki, bu ommaning nazariga ko‘rinmaydi. Allohning do‘stlari vaqtning mana shu eni va kengligida ulkan ishlarni amalga oshiradilar.

Yorqinjon qori Fozilov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*