Bosh sahifa » Bayt » Zolim oldida yig‘lamang…

Zolim oldida yig‘lamang…

Bayt:

Izhori ajz peshi sitamgar zi ablahiyst,
Ashki kabob boisi tug‘yoni otashast.

Tarjimasi: “Zolim oldida ojizlikni izhor qilish nodonlikdir. Kabobning yig‘lashi olovning tug‘yoniga sababdir”

Mazlum kishi “zolimning oldida yig‘lasam, uning rahmi keladi”, deb o‘ylaydi. Bunday deb o‘ylashi uning nodonligi yoki o‘ta soddaligidan dalolat. Hazrat Soib rahimahulloh aytgan bu da’vosiga kabobning holini misol qilib keltiradi. O‘xshatishning go‘zalligini qarang. Olov tepasidagi kabobning go‘yo mazlum deb olsak, kuchli harorat tufayli eriyotgan yog‘lari esa uning ko‘z yoshlariga o‘xshaydi. Bechora kabobning ko‘z yoshlarini ko‘rgan zolim – cho‘g‘ o‘z zulmidan tiyilish o‘rniga uni yanada battarroq kuydiradi. Balki avval qizdirib turgan bo‘lsa, endi yondirishga o‘tadi.

 

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*