Bosh sahifa » Ilm » Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 6-mavzu: Hazrati Yusuf alayhissalomning taqvolari

Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 6-mavzu: Hazrati Yusuf alayhissalomning taqvolari

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Hazrati Yusuf alayhissalom Zulayho tarafidan fitnaga uchradilar. Buni bilmagan biror musulmon bo‘lmasa kerak. Qur’oni karimda Zulayho Hazrati Yusuf alayhissalomni gunohga chorlagani aytiladi. O‘sha payt Zulayhoning qalbida ham gunoh fikri paydo bo‘ldi va Hazrati Yusuf alayhissalomning qalblariga ham gunoh fikri keldi. Omma xalq shu sababli Hazrati Yusuf alayhissalomga e’tiroz bildiradi va u kishini ayblaydi. Vaholanki, Qur’oni karim shuni bayon qilishni xohlaydiki, gunoh fikri kelishiga qaramasdan, Yusuf alayhissalom Alloh ta’olodan qo‘rqish va Uning ulug‘ligini qalbda hozir qilish sababli gunoh fikriga amal qilmadilar va Alloh ta’oloning hukmi oldida bo‘yin egdilar. Lekin gunoh fikri ham qalbga kelmasa va gunoh qilish imkoniyati ham bo‘lmasa hamda gunoh talabi ham paydo bo‘lmasa, u holda ming marta Zulayho gunohga chorlasa ham, hech qachon haqiqiy taqvo va hayratga soladigan ish bo‘lmas edi. Xaqiqiy taqvo va haqiqiy hayratli ish shuki, gunohga chorlov bo‘lyapti, imkoniyat ham bor, holatlar ham qulay, qalbda gunoh fikri ham bo‘lyapti, lekin ushbu barcha narsalarga qaramasdan, Allohning hukmi oldida bo‘yin egib, Yusuf alayhissalom shunday dedilar: “Maazalloh” ya’ni, men Alloh ta’olodan panoh so‘rayman. Mana shu Alloh ta’olo insonni yaratishiga sabab bo‘lgan ibodatdir. (Yusuf surasi, 23-24-oyatida bu voqyea zikri kelgan).

Bundan ma’lum bo‘ladiki, gunoh qilishga imkoni bo‘lmaganidan gunoh qilmaslik taqvo emas. Balki, gunoh qilishga butkul imkoni bo‘la turib va gunoh qilishni xohlab turib, Allohdan qo‘rqib gunohni tark qilishlik haqiqiy taqvodir. Ro‘za bizdan shuni talab qiladi.

“Islahiy xutbaat” kitobidan
Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*