Hakimul ummat, Hazrat Mavlono Ashraf Ali Tahanoviy quddisa sirruh aytadilar:
Tajribadan ma’lumki, Ramazondagi ibodatning ta’siri o‘zidan keyingi o‘n bir oygacha turadi. Kimki Ramazon oyida biror yaxshilikni mashaqqat ila qilsa, Ramazondan keyin o‘sha yaxshilikni osonlik ila qila oladi. Kimki Ramazon oyida biror gunohdan saqlansa, Ramazondan keyin o‘sha gunohdan osonlik ila saqlana oladi. Ramazon oyida gunohdan saqlanishlik qiyin emas. Chunki, shu narsa ma’lumki, Ramazon oyida shaytonlar kishanlanadi. Bas, qachonki, shaytonlar kishanlansa, sizning gunohlaringiz kam bo‘ladi. Sababi, gunohga chorlovchi kishanlangandir. Bu degani, gunohlar butkul yo‘q bo‘ladi degani emas. Chunki, ikkinchi gunohga chorlovchi ya’ni, nafs turibdi. Ramazon oyida u gunoh qildiradi. Ha, biroq ta’siri kam bo‘ladi. Chunki, faqat birgina gunohga chorlovchi qolgan. Ramazon oyida bir oyning mashaqqatiga chidashlik hech narsa emas. Maqsad bu oyda har a’zoni gunohdan saqlashlikdir.
“Xutbaate hakimul ummat” kitobidan
Abdulqayyum Komil tarjimasi