Bosh sahifa » Bayt » Orzu…

Orzu…

Bayt:

Orzu dar tab’i piyron az javononast besh,
Dar xazon har barg chandin rang paydo mekunad.

Tarjimasi: Qarilarning tabiatida orzu yoshlarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Kuzda har bir barg bir necha xil rang paydo qiladi.

Bilamizki daraxtlarning barglari ilk ochilgan vaqtida bir xil rangda bo‘ladi, kuz kelgach esa turli rangga tovlanadi. Hazrat Soib rahimahulloh inson qarigani sari unda rang-barang orzular paydo bo‘lishini shunga o‘xshatmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qildilar: “Odam bolasi qariydi va undagi ikki narsa yosharadi. (Biri) uzun umr ko‘rishga harislik, va (ikkinchisi) mol-dunyoga harislik”. Bir rivoyatda quyidagicha keladi: “Qari kishining qalbi ikki narsaning muhabbatiga yoshdir: uzun umr, molning ko‘pligi”.

Hazrat Said Ahmad Polanpuriy hadis sharhida shunday yozadilar: “Tajriba va mushohadaga ko‘ra inson hayoti oxirlashgani sayin aql quvvati zaiflashgani sababli undagi ikki xohish va istak ziyodalashadi. Biri – mol-dunyosining ko‘p bo‘lishi istagi, ikkinchisi – yanada uzoqroq umr ko‘rish istagi. Lekin bu hol avomning (omma xalqning) holatidir. O‘z nafsini tarbiyalagan bandalarning esa holatlari boshqacha bo‘ladi. Ularda molu dunyoga muhabbat va uzun umr ko‘rish orzusi o‘rniga Alloh taoloning roziligini (xursandligini) hosil qilish istagi hamda oxirat ne’matlariga ishtiyoq uyg‘onadi va bu xohish borgan sari ziyodalashaveradi”.

Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*