Bayt:
Chunonki, shir kunad xobi tiflro shirin,
Fuzud g‘aflati man az safed mo‘yiho.
Tarjimasi: Sut go‘dakning uyqusini shirin qilganidek oq soch-soqollardan mening g‘aflatim ko‘paydi.
Soib rahimahulloh bu baytda faqat o‘ziga xitob qilayotganga o‘xshagani bilan sizu bizni ham nazarda tutgan. Bilamizki, onaning oppoq sutini ichgan bola shirin uyquga ketadi. Men esa soch-soqolim oqarganidan so‘ng g‘aflat uyqusiga ketdim. Aslida shunday bo‘lishi kerakmidi? Yo‘q.
Sochu soqolga oq tushishi uyg‘onishga, ya’ni o‘zimni tuzatib, oxirat tadorigini ko‘rishga meni undashi lozim edi. Afsuski, dangasa nafsim soch-soqoldagi oqlarni mening ko‘zimga onaning oq suti qilib ko‘rsatdi. Men – ahmoq esa uning aldoviga ishonib, oq sut emgan go‘dakdek g‘aflat uyqusiga ketdim.
Yorqinjon Fozilov tarjimasi