Bayt:
Umri xud ko‘toh kardu nomai xudro siyoh,
Harki, Soib chun qalam sar dar sari guftor kard.
Tarjimasi: “O‘z umrini qisqa qildi, o‘z nomasini qaro qildi, Ey Soib, kimki, qalam kabi boshini gap uzra qilsa.”
Soib rahimahulloh bu baytda ham o‘ta yuqori mazmunga ishora qilmoqda. Bilamizki, uchi chiqarilgan qalam hech narsa yozmay turaversa, o‘zi ham kamaymaydi, qog‘ozni ham qoraytirmaydi. Aksincha, biror narsa yozganda esa oppoq qog‘ozni qoraytiradi, o‘zi ham kichraya boradi. Inson ham to‘xtamay, ezmalik qilib gapiraversa, xususan, befoyda so‘zlarni so‘zlayversa, o‘z nomai a’molini qoraytiradi shu bilan birga o‘zining aziz umrini qisqartirib yuboradi.
Yorqinjon Fozilov tarjimasi