Bugun 13-iyun, Muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 18-kunidir. Toshkent shahridagi 2 nafar jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.
Bugun 13.06.2016 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:
1. “Mulla Qosim” jome masjidi. (Manzil:Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 31 uy. Tel.: +998 71 268 81 72)
Masjid imom-xatibi – Sayfuddinov Aliakbar. Qorilar: Qodirov Yosinbek, Mustafo Biloliddin.
2. “To‘ra buva” jome masjidi. (Mirzo Ulug‘bek tumani, “Beshkapa” mahallasi, Sultoniya ko‘chasi 70a-uy. Tel.: +998 71 264 01 62)
Masjid imom-xatibi – Hamdamov Shavkat. Qorilar: Dadajanov Hasanboy, Sobirov Abdulbosit.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati/vakillik.uz