Bosh sahifa » Bayt » “Qo‘ling ochiq bo‘lmagach, qoshing ochiq bo‘lsin”

“Qo‘ling ochiq bo‘lmagach, qoshing ochiq bo‘lsin”

Bayt:

Chun vo namekuniy gireh, xud gireh mashav,
Abro‘ gushoda bosh chu dastat gushoda nest.

Tarjimasi: Tugunni yecholmasang, o‘zing tugun bo‘lma. Qo‘ling ochiq bo‘lmagach, qoshing ochiq bo‘lsin.

Boshiga mushkul ish tushgan kishining tugunini yechishga, muammosini hal qilishga qo‘lingiz berk bo‘lsa, ya’ni unga yordam berish uchun sizda moliyaviy imkon bo‘lmasa, qoshingizni ham berkitib, qovoq solib, tugunga o‘xshab olmang. Zero bechoraning ishini bitirib berish, unga ehson va sadaqa qilish uchun pul ketadi, biroq tabassum va ochiq chehra bilan boqish uchun pul ham, kuch ham ketmaydi. Hadisi muborakda ham o‘z birodarining yuziga tabassum bilan qarash sadaqa bo‘lishi haqida xabar berilgan.

Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*