Bosh sahifa » Bayt » Yoshlikni g‘animat bil

Yoshlikni g‘animat bil

Bayt:

G‘aflati nafs yake sad shavad az mo‘yi safed,
Xobi sag vaqti sahargoh garon gardad.

Tarjimasi: Soch-soqol oqarganidan so‘ng nafsning g‘aflati birga yuz bo‘ladi. It ham sahar vaqtida uyqusi og‘irlashadi.

Soib Tabriziy bu gapni yoshlikda umrni g‘aflat bilan o‘tkazib, qariganda ibodat qilishga xomtama’ bo‘ladigan dangasalar uchun aytmoqda. Ya’ni, yoshlikda nafsni tarbiya qilib, ibodatga ko‘ndirib, undagi g‘aflatni daf qilib, yo‘qotish kerak. Agar yoshlikda uni muolaja qilinmasa, qarigan sari undagi g‘aflat va dangasalik yo‘qolish o‘rniga, yuz barobar kuchayib ketadi. Ko‘rmaysizmi, it ham kechasi bilan yugurib-yugurib, sahar – kechaning oxirida qattiq uyquga ketadi.

(Muntaxab, 55-b).

Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*