Bosh sahifa » Bayt » Sukut saqlash

Sukut saqlash

Bayt:

Dar kamingohi xamushiy metavon dar yoftan,
Onchi, az ofot dar go‘yandagiy po‘shidaast.

Tarjimasi: Xomushlik (sukut saqlash) pistirmasida ko‘p gapirishda nima ofatlar yashiringanini bilsa bo‘ladi.

Ochiq maydonda yoki o‘rmon va chakalakzorda jang qiluvchi askar kishi dushman tomonidan otiladigan o‘qlardan himoyalanish, dushmandan yashirinish yoki uning rejalaridan sezdirmay xabar topish uchun o‘ziga qulay pistirma yasaydi. Pistirmadagi kishi qaysi tomondan o‘ziga zarar va ofat kelayotganini kuzatadi va shunga ko‘ra o‘z ehtiyotini qiladi. Soib rahimahulloh sergaplikni insonning dushmaniga, sukut saqlashni esa pistirmaga o‘xshatadi.  Hushyor va aqlli inson mana shu pistirmada joylashib olib, sergaplik va ezmalik deb atalmish dushman tomonidan o‘ziga yetadigan ofat va balolardan saqlanib qoladi.

Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*