Bayt:
Maxand ey navjuvon, zinhor bar mo‘yi safedi mo,
Ki, in barfi parishon bar sari har bom meborad.
Tarjimasi: Ey yosh yigit, bizning oq sochimizga hargiz kula ko‘rma. Chunki, bu parishon (har tomon sochilgan) qor hamma tomning boshiga yog‘adi.
Keksalarning holi aynan keksalik tufayli salbiy tomonga o‘zgarishi, soch-soqollarga oq tushishi, kuch ketib, quvvatdan qolish, ko‘z, quloq, qo‘l-oyoqlarning ham zaiflashishi e’tiboridan Alloh taoloning shariatida ularga ko‘plab yengilliklar joriy qilingan. Shu bilan birga, yosh, baquvvat mo‘minlar keksalarni izzat-ikrom qilishga, e’zozlashga buyurilganlar. Keksalarni e’zozlash sababli xuddi ibodat qilib erishiladigan savoblarga o‘xshash savoblarni olishga sabab bo‘lishi uqtirilgan.
Muntaxab, 55-b
Yorqinjon Fozilov tarjimasi