Bosh sahifa » Maqolalar » Yaxshi amal qilishlik fikri “Allohning mehmoni”dir

Yaxshi amal qilishlik fikri “Allohning mehmoni”dir

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Hakimul ummat, Hazrat Mavlono Ashraf Ali Tahanoviy quddisa sirruh shunday der edilar: “Qalbga falon yaxshi amalni qilib olayin degan o‘y kelishini so‘fiylar istilohida “vorid” deydilar. Ya’ni, men falon ishni qilib olayin, namoz o‘qib olayin, tahajjud o‘qib olayin, avvobiyn namozi o‘qib olayin, ishroq namozi o‘qib olayin, choshgoh namozi o‘qib olayin, sadaqa qilib olayin, musulmon birodarimga yordam berayin, birovning g‘amini ketkazishga harakat qilayin, kabi o‘ylar qalbga kelishini “vorid” deydilar”.

Hazrat Mavlono Ashraf Ali Tahanoviy quddisa sirruh aytar edilarki: “Vorid” Alloh taolo tarafidan mehmon bo‘ladi. Agar sen bu mehmonni biroz bo‘lsa ham izzat qilsang, mehmonnavozlik qilsang, u holda u yana qaytib keladi. Mehmonnavozlikni shunday qilginki, qaysi yaxshi amalni qilishlik fikri qalbinga kelsa, o‘sha zahoti unga amal ham qilib ol. Agar sen unga bir marta mehmonnavozlik qilmasang, u mehmon juda hurmatga sazovor bo‘lgani sababli sening huzuringa qaytib kelishni tark qiladi. Bu mehmon qaytib kelmay qolishidan panoh so‘ragin. “Mehmon qaytib kelmay qolishi” degani, endi qalbga yaxshi amal qilishlik fikri kelmaydi deganidir. Bunday bo‘lishidan Alloh taolodan panoh so‘ragin. Bunday vaqt kelsa, qalbga muhr bosilgan va zang bosgan bo‘ladi. Endi, qalbga yaxshi amal qilishlik fikri ham kelmaydi”.

“Islaxiy xutbaat” kitobidan.
Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*