Bosh sahifa » Tarjimai hol » Sahl ibn Abdulloh Tustariy

Sahl ibn Abdulloh Tustariy

Zamona olimlari Sahl Tustariy to‘g‘risida, u shariat bilan haqiqat orasini jam qilgan edi, der edilar.

Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytadilar:

Alloh ruhimga: «Oyo, men Robbingiz emasmanmi?» degani hanuz mening esimda bor. “Men: “Robbimizsan!”, deb javob berdim.

Va yana aytadilar, men uch yoshimda namoz o‘qir edim. Tog‘am Muhammad ibn Savvor meni ko‘rib qolsalar yig‘lar edi.

Bir kuni men aytdim:

– Ey tog‘a, menda boshqacha holat yuz bermoqda, ko‘nglim aslo qaror tutmas! Nima qilayin?

Aytdi:

– Ey Sahl, bu holatingni hech kimga aytmagin, chunki hali bolalikda hech kimda bunday holat yuz bermagan.

Menga o‘git berib aytar edi, doim Alloh bilan bo‘lgin, kechalari uyg‘onganda, aytgin, «ALLOH MEN BILAN BIRGA». «ALLOH MENI KO‘RIB TURIBDI». «ALLOH MENGA GUVOH BO‘LIB TURIBDI», deb o‘rgatgan edi.

Men buni aytib, juda ko‘p fazilatlar topdim.

Sahl ibn Abdullohdan naql qilinadi:

– Baxtli bo‘lishning nishonasi uchdir. Avvalo Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam)ga fe’lda va xulqda iqtido qilmoq; ikkinchi, haromdan qochmoq; uchinchi, har amalda ixlos bilan bo‘lmoq.

«TAZKIRAT UL-AVLIYO» kitobidan

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*