Hazrat Mavlono Muhammad Ya’qub Nonutviy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Bir kuni bir kishining taklifiga ko‘ra uning uyiga taom yeyish uchun bordim. Endigina bir luqma og‘zimga solgan edim, taomda shubha bor, u halol daromaddan emas degan his keldi. Surishtirgandan keyin ma’lum bo‘ldiki, haqiqatda halol daromaddan emas ekan. Lekin o‘sha harom luqma beixtiyor tomog‘imdan o‘tib ketdi. Men unga tavba va istig‘for qildim. Lekin, shunga qaramay ikki oygacha o‘sha harom luqmaning zulmati sezilib turaverdi va ikki oygacha qayta-qayta falon gunohni qilib ol, falon gunohni qilib ol degan xayol va vasvasa bo‘laverdi. Gunoh talabi qalbda paydo bo‘laverdi”.
Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
“Alloh taolo qalblarini poklab qo‘ygan zotlarga gunohlarning zulmati ana shunday seziladi. Biz esa gunohlarga oshno bo‘lganimiz sababli bizga bu narsa sezilmaydi”.
“Islaxiy xutbaat” kitobidan
Abdulqayyum Komil tarjimasi