Bosh sahifa » Bayt » Yoshlik qadri

Yoshlik qadri

Bayt:

Az bahori navjuvoniy onchi bar jo mondaast,
Dar bisoti man hamin xobi garoni g‘aflatast.

Tarjimasi: Mening to‘shagimda yoshlik bahoridan o‘z o‘rnida qolgan narsa g‘aflatning og‘ir uyqusidir.

Shoir bu gapini avvalo o‘zining holiga afsuslanish ma’nosida, ikkinchidan esa sizu bizga nasihat o‘laroq aytgan. “Men yoshligimda juda ko‘p narsalar, jumladan g‘aflat egasi edim. Qariganimda barcha narsalar – go‘zallik, kuch-quvvat va hokazolar mendan yuz o‘girib ketganda ham, afsus, g‘aflat hamda dangasalik meni tark etmadi. Yoshligimda g‘ofil (dangasa) yigit edim, qariganda o‘nglanish o‘rniga g‘ofil chol bo‘lib qoldim. Azizim! Sen bu jihatdan menga o‘xshab qolma. Qariganda g‘aflat egasi bo‘lib qolmaslik uchun yoshligingdan unga qarshi kurash”.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*