Ba’zi paytda kishida yorug‘lik ham, ilm ham, ishonch ham bo‘ladi, lekin unda amal qilishga quvvat bo‘lmaydi. Misol uchun, yorug‘ bir xonaning javonida olma bor, uning borligi hamda manfaatli narsa ekaniga ishonch ham bor, doktor uni yeyishga buyurgan ham, shu bilan birga ko‘ngil ham uni yeyishni istab turibdi, lekin olmagacha turib, yetib borishga quvvat bo‘lmaydi. Bunday holda doktor quvvat beruvchi ukol qiladi, vitamin kapsula beradi. Shunda inson quvvatga kirib, o‘zi javongacha borib, olmani olib yeydi. Ilm egasining holi ham shunday. Unda ilm yorug‘ligi ham, ishonch ham bo‘ladi. Lekin amal qilishga ko‘pincha o‘zida quvvat topa olmaydi. Alloh taoloning do‘stlari bilan suhbatlashish natijasida bir necha kunda quvvatlanadi va yaxshi amallarda taraqqiy qila boshlaydi.
Hakim Axtar, “Ruhoniy saboq”
Yorqinjon Fozilov tarjimasi