Bosh sahifa » Tarjimai hol » Muhammad Taqiy Usmoniy

Muhammad Taqiy Usmoniy

Qozi Muhammad Taqiy Usmoniy ibn Shayx, muftiy Muhammad Shafe’ ibn Shayx Yosin ibn Xalifa Tahsin Ali ibn Miyonjiy hofiz Karimulloh ibn Miyonjiy Xayrulloh ibn Miyonjiy Shukrulloh hazratlari 1362-hijriy, 1943-melodiy sanada Hindistonning Sahornafur viloyatiga qarashli Devband qishlog‘ida tavallud topdilar. Hind tilida Miyonjiy degan so‘z muallim, deganini bildiradi. U kishining silsilalari Usmon ibn Affonga borib taqaladi.

Otalari bu haqda gapirib o‘tganlar. Bu silsilani aniqlashtiruvchi sanad bo‘lmasada ammo shariat bu xususda muttasil sanadni shart qilmaydi.

Taqiy Usmoniy besh inining eng kenjasidirlar.

Birinchisi, Muhammad Zakiy bo‘lib, yigitlik paytlaridayoq vafot etganlar. Muhammad Zakiy shoir bo‘lib, urdu tilida devonlari bor.

Ikkinchisi, Muhammad Roziy Usmoniy bo‘lib, “Isho’a” bosmaxonasi asoschisi.

Uchinchisi: Valiy Roziy bo‘lib, Karochi universitetining Islomiy bilimlari bo‘yicha professori. Siyrat xususida kitoblari bor. Ushbu kitoblari uchun Pokiston prezidenti Ziyoul haq mukofot bilan taqdirlagan.

To‘rtinchisi Muhammad Rafe’ Usmoniy bo‘lib, Karochidagi dorul ulum universiteti boshlig‘i hamda Pokistonning umumiy muftiysidir.

Taqiy Usmoniy bir necha davlatlarda ilmiy safarda bo‘lganlar.

Masalan Dubay, Bahrayn, Britaniya, Amerika va Avstraliya kabi.

Xolid Muhammad Bushofe’ aytadilar. Men biror kishini Taqiy Usmoniydek yangi masalalarda, xususan bank masalalarida avvalgi ulamolar kitoblari bilan hozirgilar kitobini jamlaganini ko‘rmadim. U zot biror muammoni yechish asnosida kuchli taqvo sohibi ekanlari yaqqol namoyon bo‘lar edi. Men Hind qit’asida bu kishidek muammoni yechishda mazhablar orasini jamlashdek qobiliyatli kishini ham ko‘rmadim.

Taqiy Usmoniy haqlarida shogirdlari Luqmoni Hakim bir kitob ta’lif etib, uning nomini “Qozi, faqih, da’vatchi va tadqiqotchi Taqiy Usmoniy”, deb nomlagan. U Damashqdagi “Dorul qalam” matba’asida chop etilgan. 144 sahifadan iborat bo‘lib, unda barcha shogirdlari, ustozlari, kitoblari, ishlari va yashash joylari xususida ma’lumotlar bor.

Taqiy Usmoniy ta’lif etgan kitoblar quyidagilardan iborat:

  1. Akalari qalamiga mansub tafsir “Ma’oriful Qur’on”ga muqaddima.
  2. Ulumul qur’on.
  3. “Ma’oriful qur’on”ni inglizchaga tarjimasi.
  4. “Takmilatu fathil mulhim” 6 jild.
  5. “Darsut Termiziy” Bu Termiziy nomli universitetda o‘tgan leksikalari yig‘indisi bo‘lib, jiyanlari Rashid Ashraf to‘plaganlar.
  6. “Buhus fiy qazoyo fiqhiyya mu’osira” Bu kitob o‘zida oldi-sotdining barcha turini jamlagan.
  7. “So‘yish hukmlari”.
  8. “Aql va shariat chegarasida naslni cheklash”.
  9. E’tikof ahkomlari.
  10. Islom va zamonaviy iqtisod.
  11. “Oilaviy muammolarimiz”
  12. Namozlaringizni sunnatga muvofiq o‘qing.
  13. “Fatvo usullari”
  14. “Shariat mezonidagi taqlid”
  15. “Hozirgi asrdagi ijtihod dasturi”
  16. “Nasroniylik nima?”
  17. “Muqaddas kitob nima?”
  18. “Qadim ahddan Qur’onga”
  19. “Qarorot al-Qazoiyya”.
  20. “Yer mulkchiligi va uning chegarasi”.
  21. “Ta’limdagi nizomimiz”.
  22. “Nizom dasturi qanday o‘rganiladi”.
  23. “Pokistondagi Islomiy ta’limga bir nazar”.
  24. “Hozirgi zamonamizda shariat qanday tatbiq qilinadi”.
  25. “Islom va hozirgi siyosat”
  26. “Shariatni tatbiq qilish va uning masalalari”.
  27. “Islom va inson huquqlari”
  28. “Tarix voqye’ligidagi Muoviya raziyallohu anhu”.
  29. “Otam va ustozim va u zotning zavqlari”
  30. “O‘tganlarni izlari”
  31. “Shahid Ziyoul haq”
  32. “Kim Devband shayxi bo‘lsa”.
  33. “Ummatning hakimi va u kishining siyosati”.
  34. “Isloh va’zlari”.

Alloh Taqiy Usmoniy janoblarini O‘z panohida asrab, ummatga bundanda ko‘p kitoblar yozishda O‘zi yordamchi bo‘lsin.

Manba

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*