Bosh sahifa » Bayt » Rizqqa qanoat

Rizqqa qanoat

Bayt:

Medavonad odamiyro hirs dar girdi jahon,
Varna gandum siynachok az bahri ro‘ziyxoraast.

Tarjimasi: Hirs odamni jahonning atrofida yugurtiradi. Bo‘lmasa, bug‘doy rizq yeguvchi uchun siyna yoruvchidir.

Harislik, ochofatlik, yeb to‘ymaslik kishini tinch o‘tirishga qo‘ymaydi. Balki bu sifatga ega bo‘lgan odam yaxshi yeb-ichish ilinjida yer sharining u boshidan bu boshiga yelib yuguraveradi. Holbuki, rizq uchun bu qadar tashvish chekishga zarurat yo‘q. Zero rizq uchun haddan ortiq g‘am chekmaydiganlarning ham kuni o‘taveradi. Ko‘rmaysanmi, nimjon bug‘doy poyasi rizq yeguvchining dasturxoniga hatto yerning ko‘ksini yorib chiqib bo‘lsa ham yetib keladi. Shunday ekan rizq haqida xotirjam bo‘l. Rizq uchun haddan tashqari yugurish bilan kishining rizqi ko‘paymaydi, balki uning ochofatligi namoyon bo‘ladi, xolos.

So‘fi Allohyor rahimahulloh aytadilar:

Qidirg‘on birla rizqing qidri toshmas,
Ketar qadring qadardin hargiz oshmas.

Ya’ni qidiraverganing bilan rizqingning qidri (qozoni) toshmaydi. (Bu ochofatlik bilan) qadr-qiymating ketib qoladi, lekin (rizqing) taqdirda belgilanganidan hargiz oshib ketmaydi.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*