Bir ota qizi bilan birga safar qilayotgan edi. Ular bir uzum bog‘i yonidan o‘tayotganlarida, otaning qalbida ochko‘zlik uyg‘ondi va biroz uzum yeyishni xohlab qoldi. Shunday qilib, u qizini bir joyga turgizib qo‘yib: “Qizim! Sen shu yerda turib, uyoq buyoqqa qarab tur. Agar birov kela boshlasa, darhol xabar ber”, dedi. U uzum uzish uchun ketib, endigina uzum novdasi yoniga yetganida, qizi baqirgancha: “Otajon! Otajon! Bizni birov ko‘rib turibdi. Otajon! Otajon! Bizga birov qarab turibdi”, deya boshladi. Shunda, ota qo‘rqib ortiga qochdi. Qizining yoniga kelib, uyoq buyoqqa qaradi. Hyech kim yo‘q edi. U: “Qizim, kim qarab turibdi?” deb so‘radi. Qizi: “Otajon! Agar biror banda ko‘rmayotgan bo‘lsa, u holda bandalarning Robbisi Alloh taolo ko‘rib turibdi”, dedi…
Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh
Abdulqayyum Komil tarjimasi