Bosh sahifa » Bayt » Sog‘lik ne’mati bilan kibrlanmang

Sog‘lik ne’mati bilan kibrlanmang

Bayt:
Osoyishi tan g‘ofilam az yodi Xudo kard,
Hamvoriyi in roh maro sar ba havo kard.

Tarjimasi: Tanimning salomatligi meni Xudoning yodidan g‘ofil qildi. Bu yo‘lning tekkisligi mening boshimni tepaga qaratib qo‘ydi.

Insonning salomatligi ko‘pincha, kibru g‘urur qilishga, kekkayishga, bu ne’matni bergan Zotni yodga olmaslikka sabab bo‘ladi. Hazrat Soib hech bemor bo‘lmasdan doim sihat-salomatlik bilan yurgan kishini chuqurlari yo‘q tekkis yo‘ldan ketayotgan kishiga o‘xshatmoqda. Bunday kishi umuman pastga qaramay, to‘g‘riga qarab ketaveradi. Balki osmonga qarab yursa ham qoqilmaydi. Alloh taolo O‘zini eslatish, bandasini kibrdan saqlash uchun goh-gohida uni bemorliklarga mubtalo qiladiki, bu uning uchun ayni mehribonlikdir. Bunday qilish bilan Alloh taolo bandani dunyo va oxirat halokatidan saqlab qoladi. Bilamizki, yo‘l hodisalarining sodir bo‘lishiga ko‘proq yo‘lning o‘nqir-cho‘nqirligi emas, balki uning o‘ta tekkisligi sabab bo‘ladi (Muntaxaboti ash’ori Soib, 56-b).

Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*