Bayt:
Shikasti shishai dil ro mago‘ sadoiy nest,
Ki, in sado ba qiyomat baland xohad shud.
Tarjimasi: Qalb shishasi singanda ovozi chiqmadi, dema. Chunki, bu ovoz qiyomat kuni baland bo‘ladi.
Inson qalbi sal narsaga sinadigan o‘ta nozik, bebaho shisha. “Agar u shisha bo‘lsa, nima uchun singanida ovozi eshitilmadi”, dema. Bechora mazlumning qalb shishasi bu dunyoda sinadi-yu, jarangi qiyomat kuni eshitiladi. Yana bir gap. Birovning qalbi singanida undan chiqqan sadoni eshitish uchun sening qalb qulog‘ing ochiq bo‘lish lozim. Agar bu darajadagi yaxshi inson bo‘lsang edi, boshqaning qalbi sinishiga sabab bo‘ladigan ishni qilmagan ham bo‘lar eding.
Shoir aytganidek:
Sinsa ko‘ngil shishasi tadbir ila bo‘lmas butun,
Ustuxon ermaski, oni rost etsa, mo‘miyo.
(Muntaxaboti ash’ori Soib, 56-b).
Yorqinjon Fozilov tarjimasi