Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi: — Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi. Odam aytdi: — Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar. — Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsanku? — To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin. Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”dan ibratli hikoyalar batafsil »
«Husni xulq – … zolimga rahm-shafqat qilib, unga mag‘firat tilash»
Tobeʼinlarning ulug‘laridan Hasan Basriyning shunday so‘zlari bor: «Husni xulq – ochiq yuzli, xayru saxovatli bo‘lish, ozor berishdan tiyilishdir». Shoh Kirmoniy aytadi: «Go‘zal xulq – ozorlardan tiyilish va mashaqqatga sabr-toqatdir». Hazrati Aliy shunday degan: «Go‘zal xulq uchta xislat bilan hosil bo‘ladi: haromdan tiyilish, halolni izlash, ahliga bag‘rini keng qilish». Sahl ibn Abdulloh Tustariydan go‘zal xulq haqida so‘rashdi: «Go‘zal xulning eng quyi ... batafsil »
Tavbadan umid
Kimning gunohi shahvatdan bo‘lsa, uning tavbasidan umid bor. Kimning gunohi kibrdan bo‘lsa, bundan qo‘rqgulik. Chunki Odam shahvat ortidan gunoh qildilar, shu sabab kechirildi. Shayton esa kibrlangan holda osiy bo‘ldi, shu sabab laʼnatlandi. Sufyon ibn Uyayna rahimahulloh Izoh: Shahvatdan bo‘lgan gunoh – bir narsaga qiziqish ortidan bo‘ladigan gunoh. Ayollarga, mol-dunyo yig‘ishga, farovon yashashga qiziqish va bola-chaqaga muhabbat qo‘yishlar sababli qilingan gunohlar ... batafsil »
«Nima uchun kechasi uxlamaysiz?»
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan: «Nima bo‘ldi sizga, nega kechasi uxlamaysiz?» deb so‘rashdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu shunday javob berdilar: «Kechasi uxlasam, nafsim qarovsiz qolib ketadi. Kunduzi uxlasam, xalq qarovsiz qolib ketadi». “Solihlar gulshani”dan batafsil »
Husni xulq. «Doimo yordam qo‘lini cho‘zing» (video)
Oqibat batafsil »
Kekkayishdan saqlaning
Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Umar roziyallohu anhu yelkalarida mesh ko‘tarib chiqibdilar. Xalifa bo‘lishlariga qaramay, mesh ko‘tarib olgan hazrati Umarni ko‘rgan kishilar hayron bo‘lib, «Ey mo‘minlar amiri, bu nima holat?» deb so‘rashdi. Shunda hazrati Umar roziyalohu anhu: «O‘zimdan ujblanib* ketdim, shuning uchun nafsimni qiynamoqchiman», deb javob berdilar. * Manmansirash, o‘zida biror fazilatni ko‘rib, g‘ururlanish hamda o‘sha fazilatni ato etgan Zotni unutib ... batafsil »
«Chiroyli xulqli fojir (yaramas) kimsaning menga hamsuhbat bo‘lishi yomon xulqli obid kishi suhbatidan yaxshiroqdir»
Fuzayl ibn Iyoz: «Chiroyli xulqli fojir (yaramas) kimsaning menga hamsuhbat bo‘lishi yomon xulqli obid kishi suhbatidan yaxshiroqdir», degan. Husayn Voiz Koshifiy bunday yozadi: «Go‘zal feʼl-atvor, yaxshi xulq nishonasi o‘ntadir: yaxshilik qilish, insofli bo‘lish, boshqa odamdan ayb qidirmaslik, nojo‘ya harakat qilayotganni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, aybiga iqror bo‘lganning uzrini qabul qilish, boshqalar mashaqqatini zimmaga olish, faqat o‘z manfaatini ko‘zlamaslik, ochiq yuzli va ... batafsil »
Hikmatlar majlisining fazilati
Kimni g‘aflat o‘ldirgan bo‘lsa, u baxtsizligu balolardan uzoqlashishi kerak. Yo‘qsa, bu balolar unga ko‘z ochirmaydi. Chunki aqli noqis ayolgina, bolasi o‘lganda ham tirjayib turadi. Shunga o‘xshab sen ham tun namozidan va kunduz ro‘zasidan chetda qolar ekansan, bu qalbing o‘lar holga kelib qolganidan darak. Tirik jonga tikon kirsa ozorlanadi, og‘riq sezadi. O‘likni tig‘ bilan qancha qiymalama, baribir sezmaydi. Shunday bo‘lsa, hikmat ... batafsil »
«Allohim, meni ular o‘ylaganidan ham yaxshiroq qilgin!»
Asmoʼiy shunday hikoya qiladi: «Buyuk sahobiy Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o‘zlari haqida maqtov eshitsalar, shunday der edilar: «Allohim! Sen meni o‘zimdan ham yaxshiroq bilasan. Men esa o‘zimni ulardan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Allohim, meni ular o‘ylagandan ham yaxshiroq qilgin. Ular bilmaydigan gunohlarimni kechirgin. Ular aytgan narsalar bilan meni jazolamagin!» Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yana «Qaniydi mo‘min bandaning bir tola ... batafsil »
Husni xulq. «Amakim meni ishga olmadi»
Taqvo. Adolat batafsil »