Bosh sahifa » Teg arxivlari: namoz

Teg arxivlari: namoz

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Alloh rizoligi uchun Qurbon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi. Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan ... batafsil »

Namozga doir fatvolar (“Ming bir fatvo”, 2-qism)

90- FATVO Namozning farzlaridan biri — bu qibla, ya’ni Makkai mukarrama shahridagi Ka’ba (Baytulloh) tomonga yuzlanish. Makka aholisi uchun qibla Ka’baning o‘ziga bevosita va bilvosita yuzlanish, deb ittifoq qilingan. Ammo Makkadan uzoqda yashovchi musulmonlar oldingi paytlarda yulduzlar va boshqa taxminlar asosida qiblani aniqlaganlar va masjidlar qiblasini ham shunga ko‘ra belgilaganlar. Masalan, bizning diyorimiz uchun Shayx Abu Mansur Moturidiy (quddisa sirruh)ning ... batafsil »

Bomdod namoziga tura olmaslik (va uning davosi)

Savol: Bir qardoshim shunday deb shikoyat qildi: “Ko‘pincha bomdod namozini o‘tkazib yuboraman. Kamdan-kam holda o‘z vaqtida ado qilaman. Aksar holatda quyosh chiqqandan keyin uyg‘onaman. Mabodo uyg‘onsam ham jamoatni qo‘ldan boy bergan bo‘laman. Uyg‘onish uchun ko‘p harakat qildim. Lekin foydasi bo‘lmadi. Bu muammoning yechimi nima?” Javob: Alloh ta’ologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin. Endi, bu muammoning yechimi – boshqalari kabi – ikki ... batafsil »

Ibodat borasida shaytonning hiylasi

Shaytonning bandaga ibodat borasida qiladigan hiylasi ikki turli bo‘ladi: Birinchi hiylasi shuki, shayton ibodat borasida bandani kibr va faxrga mubtalo qiladi. «Men buyuk obid bo‘ldim». «Men Alloh taologa juda ko‘p ibodat qildim» deya bandaning qalbida faxr va kibr paydo qiladi. Buning muolajasi, ibodatdan keyin «alhamdu lillah» deyishlikdir. «Alhamdu lillah» lafzi shaytonni noumid va ojiz qiladi. Banda ibodatdan keyin «alhamdu lillah» ... batafsil »

Tongi nola

Bayt: Ey ki, komi du jahonro az Xudo metalabiy, Har du mavquf ba yak ohi sahargoh buvad. Tarjimasi: Ey, Xudodan ikki olam maqsadini talab qiladigan kishi, har ikkisi sahardagi bir ohga bog‘liqdir. Har bir kishi ikki jahonda – dunyoda ham, oxiratda ham o‘z orzu-maqsadiga yetishishni xohlaydi batafsil »

Namozda takbiri tahrima tartibi

Ushbu takbirdan keyin namoz boshlanadi va undan avval durust bo‘lgan yeb-ichish, yurish, gapirish va namozdan tashqarida bo‘ladigan juda ko‘p ishlarni qilish haromga aylanadi. Shuning uchun ham bu takbirni “Takbiri tahrima” deyiladi. Uning sahih va namozni durust bo‘lishi uchun shart qilingan shartlar: badani pok, joyi pok, satri avrat, qiblaga yuzlanish, vaqt kabilar topilishidir. Shuningdek namozga kirishuvchi qiyomda bo‘lishi ham shart. Albatta ... batafsil »