Islom manbalarida nabotot dunyosi haqidagi qarashlar

O‘simliklar dunyosi tirik organizmlarning yashashi uchun muhim vosita sanaladi. Agar yer yuzida o‘simliklar bo‘lmasa tirik organizmlar mavjud bo‘la olmasligini ilm-fan isbotlab bo‘lgan. Bu kabi qarashlar diniy manbalarda ham o‘z ifodasini topgan. Qur’on, hadislar va islom olamining tarixiy manbalarida o‘simliklar dunyosi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, bog‘dorchilik masalalariga keng e’tibor qaratilgan. O‘simliklar quyosh energiyasidan taralayotgan nurlarni qayta ishlab, insoniyat uchun foydalisini qoldiradi. Bu holat ... batafsil »

Dehqonchilik fazilati

Dinimizda dehqonchilik, yerni obod qilish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Dehqonchilik ulug‘, fazilatli amaldir. Ko‘plab oyati karimalarda bog‘lar va dalalarning hosili Alloh taoloning izni va irodasi bilan yetilishi bayon etilgan. Bu esa dehqon va bog‘bonlarning mehnati Allohning ostida ekaniga va Alloh taolo ularga ko‘makchiligiga dalolat qiladi. Zero, dehqonchilik ulug‘ ibodatlardan sanaladi. Chunki dehqonchilikka nazar solinsa, bu kasb insonning qalbini Alloh taoloning ... batafsil »

Islomda bog‘dorchilikka berilgan ahamiyat

Islom manbalarida o‘simliklar qatorida, bog‘dorchilik masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bog‘ barpo etish borasida islom tamadduni o‘ziga xos uslubga ega ekanligi e’tiborga molik. Islom xalifaligi davrlaridan boshlab, bog‘ yaratish masalalari xalifalarning vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Xalifalar o‘zlaridan yaxshi nom qoldirish uchun ham bog‘lar yaratganlar. Islom olamida ko‘kalamzorlashtirish maqsadida barpo etilgan bog‘lar o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, ya’ni Islom bog‘larining barpo ... batafsil »

Ekin ekuvchining odobi

Ekin, ko‘chat ekish uchun, dinimizda va’da qilingan ulug‘ ajr savobga ega bo‘lish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish shart bo‘ladi: 1. Niyatni to‘g‘ri qilish. Faqat dunyoviy manfaat ko‘rishni niyat qilmasdan, balki Alloh taolodan ajr savob umidida o‘zi va boshqalarning ham manfaat ko‘rishlarini niyat qilishlik. Imom Qurtubiy “Al-Jome’ li ahkamil-Qur’an” nomli tafsirlarida aytadilar: “Har kim yerga urug‘ sepayotganida isti’ozani (“A’uzu billah…”) o‘qiganidan ... batafsil »

Do‘stlik

{وقوله تعالى: { ٱلأَخِلاَّءُ يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلاَّ ٱلْمُتَّقِينَ “O‘sha kunda taqvodorlardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandir” (Zuxruf) أي: كل صداقة وصحابة لغير الله، فإنها تنقلب يوم القيامة عداوة، إلا ما كان لله عز وجل؛ فإنه دائم بدوامه.  عن الأعمش عن أبي صالح عن أبي هريرة رضي الله عنه قال:  قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: لو أن رجلين ... batafsil »

Halol luqma – qalbdagi nur

Hayotimizning har bir sohasiga javob bergan dinimiz ko‘rsatmalari, yeydigan ovqatimizni ham qanday tanovul qilishimizga ham ahamiyat berishimizni targ‘ib qiladi. Imomi Shofi’iy (rahmatullohi a’layh) kunlarning birida Imom Ahmad ibn Hanbal (rahmatullohi a’layh)ning uylariga mehmonga, qoladigan bo‘lib keladilar. Imomi Shofi’iy bir o‘zlari yolg‘iz kelganlariga qaramay Imom Ahmad ibn Hanbalning qizlari ularga uch kishilik taom va tahajjud namozga tahorat qilish uchun suv tayyorlab ... batafsil »

«Mo‘yi Muborak» «Ukkosha» jome’ masjidi tarixi

Mazkur masjid Toshkent shahar Shayxontohur tumani Samarqand darboza ko‘chasi “Chorsu” mahallasi 13-A uyda joylashgan. Masjid o‘z faoliyatini 1991 yil may oyidan boshlagan. Masjid Toshkent shahar adliya boshqarmasining 1998 yil 22 oktyabrdagi 107-raqamli guvohnomasi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Masjidning qurilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning “Ukkosha” nomi qadimiyroqdir. Bu ism Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan birining ismi bo‘lib, uning to‘liq ismi Ukkosha ... batafsil »