Mehmon atoyi Xudo

Bayt: Rizqi mo oyad ba poyi mehmon az xoni g‘ayb, Mezboni most har kas meshavad mehmoni mo. Tarjimasi: «Bizning rizqimiz g‘ayb dasturxonidan mehmonning oyog‘i bilan keladi. Bizga mehmon bo‘lgan kishi bizning mezbonimizdir». Xonadonimizga mehmon bo‘lib kelgan kishi bizning rizqimizni yeb ketmaydi, aksincha o‘zi ham, biz ham bilmagan holda g‘ayb xazinasidan bizga barokatli rizq kelishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan biz uni ... batafsil »

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga muhabbat

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: “Sizlardan hech biringiz men unga otasidan ham, bolasidan ham, odamlarning barchasidan ham sevikliroq bo‘lmagunimcha mo‘’min bo‘lolmaydi”. Bu hadisda iymonning komilligi nafiy qilingan. Ya’ni, modomiki, kishining Nabiyyi karim sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbati o‘zining barcha yaqinlarining muhabbatidan ortiqroq bo‘lmas ekan komil musulmon bo‘lolmaydi. Lekin va’id (qo‘rqitish) o‘z o‘rnida boqiy turishi uchun hadisni tarjima ... batafsil »

Ukkosha ibn Mihson (roziyallohu anhu)

Islom va tavhid haqida eshitiboq, qalbi imon bilan porladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga borib Islomni qabul qildi. U boshqa sahobalar kabi mushriklarning qattiq qiynoqlari va bo‘htonlariga sabr etdi. Bu mashaqqatlar faqat uning iymonu ishonchini va dinda sobitligini oshirdi, xolos. * * * Birinchilardan bo‘lib iymon keltirgan ulug‘ sahobaning to‘liq ismi: Ukkosha ibn Mihson ibn Xurson ibn Qays ibn Murra ... batafsil »

Ibodat borasida shaytonning hiylasi

Shaytonning bandaga ibodat borasida qiladigan hiylasi ikki turli bo‘ladi: Birinchi hiylasi shuki, shayton ibodat borasida bandani kibr va faxrga mubtalo qiladi. «Men buyuk obid bo‘ldim». «Men Alloh taologa juda ko‘p ibodat qildim» deya bandaning qalbida faxr va kibr paydo qiladi. Buning muolajasi, ibodatdan keyin «alhamdu lillah» deyishlikdir. «Alhamdu lillah» lafzi shaytonni noumid va ojiz qiladi. Banda ibodatdan keyin «alhamdu lillah» ... batafsil »

Mehmonga ikrom ko‘rsatish

Bayt: Xanda ro‘yi mehmonro gul ba jayb afshondanast, Tangxulqiy kafsh peshi poyi mehmon mondanast. Tarjimasi: Mehmonga kulgan (tabassumli) yuz bilan boqish, quchog‘iga gul sochishdir. Xulqi tanglik mehmon oyog‘i oldiga kavush qo‘yishdir. Mehmonni tabassum, ochiq chehra bilan iliq qarshi olish go‘yo uning oyog‘i ostiga guldan poyandoz tashlab kutib olish bilan barobardir. Mehmon huzurida tor fe’lli bo‘lish esa go‘yo uning oldiga kavushini ... batafsil »

Komillik jannatga yetaklar

Bayt: Noqis az komil barad lazzat zi dunyo beshtar, Diydai ahval kunad aysh du bolo beshtar. Tarjimasi: “Noqis kishi komil odamga nisbatan dunyodan ko‘proq lazzat topadi. G‘ilayning ko‘zi (narsalarni ko‘rganda) ikki barobar ko‘proq maza qiladi”. (Muntaxab, 72-b) batafsil »

Hojat Allohdan so‘raladi

Bayt: Az dari Xoliq ba dari xalq mabar hojati xud, Shikva az yor ba ag‘yor nameboyad kard. Tarjimasi: «Yaratuvchining eshigidan xalqning eshigiga hojatingni olib borma. Do‘st ustidan dushmanlarga shikoyat qilish yaramaydi.» (Muntaxab, 66-b) batafsil »