Bosh sahifa » telegram

telegram

13-iyun kunidagi Xatmonalar (Toshkent shahri)

Bugun 13-iyun, Muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 18-kunidir. Toshkent shahridagi 2 nafar jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi. Bugun 13.06.2016 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi: 1. “Mulla Qosim” jome masjidi. (Manzil:Mirzo Ulug‘bek  tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 31 uy. Tel.: +998 71 268 81 72) Masjid imom-xatibi – Sayfuddinov Aliakbar. ... batafsil »

Baraka so‘rab duo qilishning sababi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: و بارك لي في رزقي “Ey, Allohim! Mening rizqimda baraka ato qil”, deb duo qilganlar. O‘ylash lozimki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam, “Ey, Allohim! Juda ko‘p rizq ato qil, mening molimni ko‘paytirib ber”, deb duo qilmadilar. Balki, “Ey, Allohim! Mening rizqimda baraka ato qil”, deb duo qildilar. Agar Alloh taolo baraka ato qilsa, oddiy ishchining ozgina maoshida ... batafsil »

Aksirish bir ne’matdir

Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo aksirishni yaxshi ko‘radi, esnashni esa yomon ko‘radi. Qachonki, biror shaxs aksirsa va “Alhamdulillah” desa, uni eshitgan musulmon zimmasida, unga “Yarhamukalloh” deyishi haq (shart) bo‘ladi. Esnash esa shayton tarafidan bo‘ladi. Qachonki, biror kimsaga esnash kelsa, imkon boricha uni qaytarsin. Negaki, inson qachon esnasa, shayton kuladi, ya’ni xursand ... batafsil »

«Alloh taolo ko‘rib turibdi!»

Bir ota qizi bilan birga safar qilayotgan edi. Ular bir uzum bog‘i yonidan o‘tayotganlarida, otaning qalbida ochko‘zlik uyg‘ondi va biroz uzum yeyishni xohlab qoldi. Shunday qilib, u qizini bir joyga turgizib qo‘yib: «Qizim! Sen shu yerda turib, uyoq buyoqqa qarab tur. Agar birov kela boshlasa, darhol xabar ber», dedi. U uzum uzish uchun ketib, endigina uzum novdasi yoniga yetganida, qizi ... batafsil »

Hazrat Tahonaviydan ibrat

Hazrat Tahonaviy bilan sodir bo‘lgan bir voqea: Hazrat o‘z shogirdlariga va o‘zlariga taalluqli kishilarga ko‘rsatma berib, poyezdda va samolyotda safar qilganda bepul olib yurishga ruxsat berilgan miqdordan ortiqcha yukni taroziga torttirib, haqini qo‘shimcha to‘lashni buyurar edilar. Bir safar o‘zlari safar qilmoqchi bo‘lib vokzalga keldilar. Yuklarini torttirmoqchi bo‘lib tarozining yaqiniga kelgan edilar, vagon kuzatuvchisi («provodnik») hazratni tanib qolib, yaqin keldi. – Nima ... batafsil »

Qarzdan qutulish duosi

Hazrati Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Ali roziyallohu anhudan yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi? Agar: اللهم اكفني بحلالك عن حرامك واغنني بفضلك عمن سواك. «Alloohummakfiniy bihalaalika ‘an haroomika vag‘niniy bifazlika ‘amman sivaaka» duosini o‘qib yursang, qarzing tog‘ning bir taraficha bo‘lsa ham, xalos ... batafsil »

Temirchining qissasi

Dadam Muhammad Shafe’ Usmoniyning bir hikoyasi bor edi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhi yetuk faqih, muhaddis va Allohning do‘sti edi. Alloh taolo u kishiga baland martaba ato qilgan edi. Vafot topganida bir kishi tushida u zotni ko‘rdi va: «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘radi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhi: «Alloh taolo meni mag‘firat qildi, fazliga olib, ulkan marhamat ko‘rsatdi, ... batafsil »

Hasad – yaxshiliklar kushandasi

Amerikaliklarda ajoyib bir ibora bor: «Crab bucket theory» – «Qisqichbaqalar solingan chelak nazariyasi». Aniqlanishicha, agar chelakda bitta qisqichbaqa bo‘lsa, u osongina erkinlikka chiqa oladi. Agar ular 5-6 ta bo‘lsa, harchand urinmasin, hech qaysisi chiqa olmaydi. Negaki ulardan har biri yuqoriga ko‘tarilayotgan qavmdoshini tortib, o‘zi chiqishga urinar ekan. Xullas, «chelakdagi qisqichbaqa» iborasidan kelib chiqadigan mantiq odamlarga ham xos. Bu illat dinimizda ... batafsil »

Mo‘minning besh xislati

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Ummatimdan kim beshta xislatni olib, unga amal qiladi yoki amal qiladigan boshqa biriga o‘rgatadi?” deb so‘radilar. “Men, yo Rasululloh”, dedim. U zot qo‘limdan ushladilar va ularni (barmoqlarim bilan birma-bir) sanab: “Harom narsalardan saqlan, insonlarning obidi bo‘lasan, Alloh senga taqsimlab bergan narsaga rozi bo‘l, odamlarning boyi bo‘lasan, qo‘shningga yaxshilik qil, ... batafsil »