Bosh sahifa » Maqolalar (саҳифа 3)

Maqolalar

Halollik – jannat mevasi…

Halollik – jannat mevasi, Haromlik esa do‘zax kulfatidir Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. Uning yakkayu-yagona farzandi bo‘lib, u bolasini juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta pahlavon yigit bo‘libdi. Bir kuni u otasiga maslahat solibdi: – Ey, ota! Endi nima kasb qilay? Otasi: – Ey, o‘g‘lim. “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, degan ... batafsil »

Inson qadri

Donishmand xalqimizning hikmati o‘laroq bugungi kun xotira va qadrlash kuni deb atalgan. Zero, vafot etib ketganlarni xotirlash, haqlariga duo qilish ular olamdan o‘tib ketgandan keyingi yagona ilojimiz, yagona imkoniyatimizdir. Vafot etganlarga bundan boshqa yaxshilik qilish imkonimiz yo‘q. Biroq, aynan o‘tganlarni yodlash asnosida yana bir muhim ish – insonni tirikligida, ko‘zi ochiqligida qadrlash, e’zozlashdir. Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang, Salom degan so‘zning ... batafsil »

Savob bag‘ishlashning sahih tariqasi

Bir kishi Ashraf Aliy Tahonaviy rahmatullohi alayhdan: «Nima uchun sizlar mayyitga savob bag‘ishlashdan qaytarasizlar?» deb so‘ragan edi, u kishi shunday dedilar: «Mayyitga savob bag‘ishlashdan kim man’ qilar ekan? Hyech kim man’ qilmaydi. Ha, uning sahih tariqasi aytiladi. Ya’ni savob bag‘ishlashning shar’iy yo‘lini aytish lozim. Bu gapning tafsiloti shuki, maqsad mayyitga savob yetishidir. Savob hosil bo‘lishi esa amal qiluvchining ixlosiga bog‘liq. ... batafsil »

«Naqadar buyuk adolat!»

Ashraf Aliy Tahonaviy rahmatullohi alayh aytdilar: «Alloh taoloning ahllari (do‘stlari) juda odil bo‘ladilar. Har narsada odillik va mo‘’tadillikni yoqtiradilar. Hazrat Mirzo Joni jonon rahmatullohi alayh juda nozik tabiatli, o‘ta injiq kishi bo‘lganlar. Lekin men u kishining odilligiga dalolat qiladigan bir voqyeani aytib beraman. Kunlardan birida muridlaridan biriga: «Sen bolalaringni olib kel, biz ularni ko‘rmoqchimiz», dedilar. Bechora murid: «Hazratning mijozi nozik, ... batafsil »

Pulning qiymati

Ashraf Aliy Tahonaviy rahimahulloh aytdilar: «Ba’zi odamlar zaruriyyat sababidan, ya’ni o‘zining zaruriy hojatlarini bitirish uchun pul topishga harakat qiladi. Zarurati bitgach esa umr bo‘yi ham pulning yuzini ko‘rishni istamaydi. Ba’zilarning esa pulning o‘ziga taalluqi (aloqasi, muhabbati) bo‘ladi. Bu juda yomon kasallikdir. Bunday odam «Mening mana shuncha pulim bor», deb maza qiladi. Pulga muhabbat va undan maza qilish haqida gap ketganda ... batafsil »

Viloyat odamlarining soddaligi

Ashraf Aliy Tahonaviy bir kuni shunday dedilar: «Aksar viloyatlarning odamlarida hozir ham soddalik, xolislik, muruvvat (odamgarchilik) va muhabbat bor. Lekin Hindistonning inglizlar g‘alaba qilgan joylarida na odob, na xolislik, na odamgarchilik va na soddalik bor. U yerdagi odamlarning har biri ko‘zingizga «Fir’avni besomon», ya’ni asbob-anjomsiz Fir’avn bo‘lib ko‘rinadi. O‘zi hech vaqosi yo‘q, lekin kibru g‘ururi olamni tutadi. Viloyatlarning soddaligi haqida ... batafsil »

Ajoyib duo

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Hazrat Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayh bir kuni ilmiy majlislarida shunday deyayotgan edilar: Insonga hayotda g‘am, musibat va mashaqqatlar yetadi. Agar inson o‘ylab ko‘rsa, bu mashaqqat va qiyinchiliklar ham haqiqatan Alloh ta’oloning ne’matlaridir. Bemorlik ham bir ne’matdir. Faqirlik va muxtojlik ham bir ne’matdir. Agar inson haqiqatni ko‘ra oladigan bo‘lsa, bu barcha narsalar ... batafsil »

O‘tganlarga savob yetishining 3 sharti

Birinchisi: Vafot etgan mayyit mo‘min musulmon holda yashab o‘tgan bo‘lishi kerak. Agar mayyit mushrik yoki kofir holida vafot etgan bo‘lsa, uning haqiga istig‘for aytish va duo qilish, savobini bag‘ishlash durust bo‘lmaydi. Alloh taolo shunday deydi (Tavba, 113-oyat): مَا كَانَ لِلنَّبِيِّ وَالَّذِينَ آمَنُوا أَنْ يَسْتَغْفِرُوا لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُوا أُولِي قُرْبَىٰ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ Ya’ni: «Payg‘ambar va ... batafsil »

Qabr ziyoratchisining duosi

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: أَتَانِي جِبْرِيلُ فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ قَالَتْ: قُلْتُ كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: قُولِي السَّلاَمُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا وَالْمُسْتَأْخِرِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلاَحِقُونَ. وَفِي رِوَايَةِ السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ ... batafsil »

Qabr ziyorati

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “…Bas, u(qabr)larni ziyorat qiling. Albatta, ular oxiratni eslatadi”, dedilar (Hadisning to‘liq matni quyida keltiriladi). Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishning hikmatlaridan asosiysini eslatib o‘tmoqdalar. U ham bo‘lsa, oxiratni eslashdir. Oxiratni eslagan odam esa dunyoni qo‘yib, oxirat harakatini ko‘proq qiladi. Yana o‘lganlarni ko‘rib, ibrat olish, o‘limni yodga olish, dunyo muhabbatini ketkazish, manmanlik, maqtanish ... batafsil »