Bosh sahifa » Maqolalar

Maqolalar

“Kep qoling, kep qoling sigareta-konfetlar bor”

– Buvajon, menga pul bering. Atigi uch ming so‘m, – dedi sakkiz yoshli nevara yalinchoqlik bilan. – Xo‘sh, uni nimaga sarflaysan? Bilsam bo‘ladimi? – so‘radi bobo sinchkovlik bilan. – Sigaret-konfet olaman. – Qanaqa konfet? Nima deyapsan o‘zi? Sigaret-konfet deganing nimasi? – Sigaretdaqa sigaret-da! Bobo bilan nevara yetaklashib do‘konga ketishdi. Siz ham bu suhbatni o‘qib, hayratlangandirsiz, albatta. Nahotki, bolalarimiz aqlini tanib-tanimay, ... batafsil »

“Xotinlaringizni masjiddan man qilmanglar. Uylari ular uchun yaxshiroqdir”

Jamoat namoziga ayollarning qatnashmasliklari afzal Jamoat bo‘lib namoz o‘qish, Juma namozini ado etish naqadar ahamiyatli ekanini har bir musulmon yaxshi biladi. Juma farz. Jamoat namozini esa ba’zilar vojib, ba’zilar sunnati muakkada, deydilar. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat bilan juma o‘qish har bir musulmon uchun haqqu vojibdir. Faqat to‘rt kishigagina: qulga, ayol kishiga, yosh bolaga va ... batafsil »

Folchi xolaning nayranglari

“Folbinga ishonma, folsiz yurma” degan gapni o‘ziga naql qilib olgan Nazira xola – qo‘lida tuguncha, erta tongdanoq qayergadir jo‘nash uchun hozirlik ko‘ra boshladi. Xotinining u xonadan bu xonaga o‘taverib, ivirsishidan uyg‘onib ketgan Farmon aka bildiki, yana folbinga boradi. So‘nggi paytlarda zo‘r folbinlaru nafasi po‘stakni ham havoga uchiradigan “kuf-suf”chi “eshon”lar ko‘payib ketdi. Bundaylar har qishloqda topiladi. Folbini, «eshon»i yo‘q qishloqlarga «gastrolyor ... batafsil »

Mulohaza: Azon bizga nima uchun kerak?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar namozga azon aytilsa, Shayton orqasidan yel chiqqan xolatda orqaga qochadi. Toki, azon eshitilmaydigan joygacha (boradi). Agar azon tugasa (shayton) yaqinlashadi, agar namozga takbir aytilsa, (shayton yana) orqaga qochadi. Hattoki, (namoz o‘quvchi) kishi va o‘zi o‘rtasida xatar paydo bo‘ladi”, deb marhamat qiladilar. Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy (rahmatullohi alayh) o‘zlarining “Fathul Boriy” kitoblarida: “Shaytonning Qur’on va namozdagi zikrlarni eshitishdan boshqa – ... batafsil »

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oilalariga hamdardlik

الحمد لله الذي قدر آجال العباد، وكتب أعمارهم قبل موالدهم، وقال: ﴿ وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ فَإِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ﴾ ، والصلاة والسلام على سيد الأنبياء وإمام الحنفاء محمد بن عبدالله وآله وأصحابه النجباء. Muhtaram jamoat! 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiadan O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta qayg‘uda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘limiga olib kelgan ... batafsil »

Toshkentda «yo‘lovchi masjidlari» qurilishi to‘g‘risidagi xabarga munosabat

Kuni kecha ayrim internet OAVda Toshkent shahrida yo‘l bo‘ylarida yo‘lovchilar uchun kichik namozgohlar quriladi. Bu haqda o‘tgan haftaning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov ma’lum qilgan, deb xabar tarqaldi. Shuningdek xabarda poytaxtdagi 11ta tumanning har birida ikkitadan shunday namozgohlar barpo etilishi, qayerlarga yo‘llar chetlarida tahoratxonalar va namozxonalar qurish bo‘yicha tavsiyalarini berilishi, deyilgan. Bundan tashqari, ... batafsil »

Til ofatlaridan saqlanaylik

Islom nuqtai nazarida til Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biri hisoblanadi. Til – insonning jismonan kichik ammo mas’uliyat va vazifa jihatidan e’tiborga molik a’zosidir. Shuning uchun ham Qur’oni karimda Alloh taolo uni minnat qilib: أَلَمْ نَجْعَلْ لَهُ عَيْنَيْنِ وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ ya’ni: «Axir, Biz unga ikki ko‘z, til va ikki lab paydo qilmadikmi?!» deydi. (Balad, 8-9 oyatlar). Shunday ekan, tilning foydasi bilan birga xatari ... batafsil »

Hajjoj ila darvesh

O‘tgan zamonda Hajjoj ismli bir zolim podshoh bor edi. Ko‘p ulamo va saidlarning boshlarini kesmish va qonlarini to‘kmish edi. Aning jabr va zulmi shul darajaga yetmishdur, tarix kitoblarining har birida aning ismini Hajjoji zolim deb yod qilmishlar. Mana ushbu Hajjoj bir kun yo‘lda bir darveshga yo‘liqdi. Oldiga chaqirib: «Ey darvesh, manim haqimga bir yaxshi duo qil!» — dedi. Darvesh qo‘lini ... batafsil »

Chekishni tashlash yo‘li

Bir kishi Shayx Xolid Jubayrining oldilariga kelib: “Ey ustoz, men Robbimni g‘azablantiradigan barcha illatlarimdan voz kechdim, faqat chekishni tashlay olmadim”, dedi. Shayx unga: “Bu odatingdan ham qutilishni istaysanmi?” dedilar. U odam: “Albatta, ustoz, men barcha yo‘llarini qilib ko‘rdim, ammo baribir tashlay olmadim”, dedi. Shunda Shayx: “Har bir chekkaningdan so‘ng o‘rningdan turib, agar bir oz oldin tahorat olgan bo‘lsang ham yana ... batafsil »

Birovning haqqi

YAqinda bir voqyeaniig guvohi bo‘ldim. Ikki do‘st sherikchilik asosida kichik korxona qurmoqchi bo‘lishib, o‘rtaga baravar pul tashlashdi. Ikkinchisining xorijlik sarmoyador tanishi bor ekan, uni zarur dastgohlar olib berishga ko‘ndirishdi. Ish qizib ketdi. Shaharning qoq markazida naqshlar bilan bezangan korxona binosi tiklandi. Dastgohlar keltirib o‘rnatildi. Ishlar yurishib, mahsulot ham xaridorgir chiqib qoldi. Foyda kattalashayotganini ko‘rgan birinchi yigitni shayton vasvasa qila boshladi: ... batafsil »