Bosh sahifa » Ilm (саҳифа 5)

Ilm

Nima uchun o‘limni yoqtirmaymiz?

Hikoya qilinishicha, Sulaymon ibn Abdulmalik hajga ketayotib, yo‘lda Madinaga kirib bir necha kun istiqomat qildi. Madina ahlidan: “Bu yerda sahobalarni ko‘rgan kimsa bormi?”, deb so‘radi. «Ha, Abu Hazim bor», deyishdi. Uni aytib kelish uchun bir kishini yubordi. Abu Hazim Sulaymonning huzuriga kelganda, Sulaymon unga: “Ey Abu Hazim, biz nima uchun o‘limni yoqtirmaymiz”, dedi. Abu Hazim: «Chunki sizlar oxiratingizni xarob qildingiz, ... batafsil »

Ramazon oyidagi ibodatning ta’siri butun yil bo‘yi turadi

Hakimul ummat, Hazrat Mavlono Ashraf Ali Tahanoviy quddisa sirruh aytadilar: Tajribadan ma’lumki, Ramazondagi ibodatning ta’siri o‘zidan keyingi o‘n bir oygacha turadi. Kimki Ramazon oyida biror yaxshilikni mashaqqat ila qilsa, Ramazondan keyin o‘sha yaxshilikni osonlik ila qila oladi. Kimki Ramazon oyida biror gunohdan saqlansa, Ramazondan keyin o‘sha gunohdan osonlik ila saqlana oladi. Ramazon oyida gunohdan saqlanishlik qiyin emas. Chunki, shu narsa ... batafsil »

Bir maxfiy ahdlashuv

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar: Ro‘za Alloh ta’olo bilan banda o‘rtasidagi bir maxfiy ahdlashuvdir. Alloh ta’olo hadisi qudsiyda: الصَّوْمُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ Ya’ni: “Ro‘za Men uchundir. Uning mukofotini O‘zim beraman”, deydi. Chunonchi, boshqa har turli ibodatning savobini farishtalar yozadilar. Magar, ro‘za borasida farishtalar “bu banda ro‘za tutdi” deb yozadilar xolos. Unga beriladigan savob va mukofotni qiyomat kuni ... batafsil »

Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 2-3-mavzular

«Farishtalar kifoya qilmas edimi?» Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Bu o‘rinda ba’zi odamlarga, ayniqsa, yangicha dunyo qarashdagi odamlarga, «agar insonni yaratishdan maqsad faqat ibodat bo‘lgan bo‘lsa, u holda bu ish uchun insonni yaratishga ne hojat bor edi? Bu ishni farishtalar oldindan juda go‘zal tarzda ado etayotgan edilar va ular Allohga ibodat qilayotgan, tasbeh aytayotgan va ulug‘layotgan edilar?» ... batafsil »

Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 1-mavzu: Barakaga to‘la oy

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Inshaalloh, bir necha kundan keyin muborak Ramazon oyi kirib keladi (ushbu darslar Ramazondan ilgari tayyorlangan). Bu oyning ulug‘ligi va barakali ekanligidan bexabar biror musulmon yo‘q. Alloh ta’olo bu oyni xos ibodat oyi qildi. Bu oyda Alloh ta’oloning bandalariga cheksiz rahmatlari nozil bo‘ladi. Biz bu rahmatlarni tasavvur ham qila olmaymiz. Bu oyda shunday ... batafsil »

Imom Rabboniy maktubotlari – 6. 52-maktub

Shayx Faridga «Nafsi ammora mazammati, uning qalb kasalligi ekani va u kasallikni davolash yo‘llari bayoni» haqida yuborildi Marhamat va shafqat yuzasidan muxlis xizmatkoringizga yuborgan maktubingizni o‘qishga musharraf bo‘lganim sababli, menga ko‘plab xursandchiliklar yetdi. Alloh bobongiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hurmatlaridan ajringizni ulug‘, qadringizni baland, qalbingizni ochiq va ishingizni yengil qilib qo‘ysin! Alloh subhanahu u zotga zohiran va botinan mutobaatda sobit ... batafsil »

Ibodat borasida shaytonning hiylasi

Shaytonning bandaga ibodat borasida qiladigan hiylasi ikki turli bo‘ladi: Birinchi hiylasi shuki, shayton ibodat borasida bandani kibr va faxrga mubtalo qiladi. «Men buyuk obid bo‘ldim». «Men Alloh taologa juda ko‘p ibodat qildim» deya bandaning qalbida faxr va kibr paydo qiladi. Buning muolajasi, ibodatdan keyin «alhamdu lillah» deyishlikdir. «Alhamdu lillah» lafzi shaytonni noumid va ojiz qiladi. Banda ibodatdan keyin «alhamdu lillah» ... batafsil »

Sunnat – muhaddislar istilohida

Muhaddislar istilohida – Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, amal, taqrir, xalqiy sifat, xulqiy sifat va siyratlarga, agar payg‘ambarliklaridan oldin sodir bo‘lgan bo‘lsa ham – Sunnat, deyiladi. Darhaqiqat, hadis kitoblarini o‘qiydigan bo‘lsak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytgan gap-so‘zlari, qilgan amallari hamda sahobai kiromlardan sodir bo‘lgan tasarrufotlarni taqrir qilganlari bilan bir qatorda U zot sollallohu alayhi vasallamning qaddi qomatlari, ... batafsil »

Foydali ilmdan mahrumlik

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar: “Gunohning zararlaridan biri shuki, inson foydali ilmdan mahrum bo‘ladi. Ilm boshqa narsa, ma’lumot boshqa narsadir. Ikkisining o‘rtasida farq bor. Ma’lumot xoh mo‘’min bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, xamma insonda bo‘ladi. Bizga qancha poplar (nasroniy ruxoniy) uchraganki, islom dini haqida shunday ma’lumotlarni biladi, inson xayron qoladi. Shunday poplar ham uchraganki, arab tilida bemalol gaplashar edilar. ... batafsil »

Namozda takbiri tahrima tartibi

Ushbu takbirdan keyin namoz boshlanadi va undan avval durust bo‘lgan yeb-ichish, yurish, gapirish va namozdan tashqarida bo‘ladigan juda ko‘p ishlarni qilish haromga aylanadi. Shuning uchun ham bu takbirni “Takbiri tahrima” deyiladi. Uning sahih va namozni durust bo‘lishi uchun shart qilingan shartlar: badani pok, joyi pok, satri avrat, qiblaga yuzlanish, vaqt kabilar topilishidir. Shuningdek namozga kirishuvchi qiyomda bo‘lishi ham shart. Albatta ... batafsil »