Bosh sahifa » Ilm (саҳифа 3)

Ilm

Takbiri tashriq qanday aytiladi?

Dinimiz Qurbon hayiti kunida biz musulmonlarga ba’zi vojib va sunnat amallarni qilishni buyuradi. Jumladan, arafa kunining bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha, ya’ni 23 vaqt namoz mobaynida har bir farz namozdan keyin tashriq takbirini aytish vojib amallardan hisoblanadi. Tashriq takbiri ushbudir: Allohu akbar! Allohu akbar! La ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd! Ushbu takbirni hoh ... batafsil »

Juma xutbasi va tahiyyatul masjid namozi

SAVOL. Imom juma mav’izasini qilib turgan paytda nafl namoz o‘qisa bo‘ladimi? Umumay, masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namoz haqida ma’lumot bersangiz. Sodiqov Muxammadsami’, Toshkent. JAVOB. Masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namozni Tahiyyatul masjid (“tahiyyat” salomlashish, so‘rashish ma’nosidadir)- namozi deyiladi. Ushbu ikki rakatli namozni ado etish sunnat. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Qaysi biringiz masjidga kirsa, ikki rakat nafl namoz o‘qimay o‘tirmasin”, deganlar. Hanafiy mazhab ... batafsil »

O‘zga yurt fuqaroligini qabul qilish masalasi

Bugungi kunda globallashuv jarayonlari, fan va texnikaning tezlik bilan rivojlanishi natijasida insonlar tarixda bo‘lmagan ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar. Jumladan, bir mamlakat fuqarosi vaziyat taqozosi bilan boshqa yurt fuqaroligini osonlik bilan qabul qilmoqda. Musulmon ulamolar barcha masalalarda bo‘lgani kabi bu masalada ham shariat hukmlarini sharhlab berishgan. Zamonaviy Islom fiqhida ushbu masala “tajannus” (تجنس) deb atalmoqda. Masalaning asosiy mohiyati musulmonlarning aholisining ko‘pchilik ... batafsil »

Qiroat va tadabbur

Qur’on qiroati qoridan ikki narsani – tajvid va tadabburni talab etadi. Birinchisi har bir Qur’on o‘quvchiga farzi ayn bo‘lsa, ikkinchisi vojibdir. Dastlab Qur’onni tajvid bilan o‘qish haqida. Payg‘ambarimiz aytadilarki: “Sizlarning yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganganlaringiz va o‘rgatganlaringizdir” (Buxoriy rivoyati). Bu hadisda Kur’onni o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar ummatning eng yaxshilari ekani aytilayotgan bo‘lsa, bir oyati karimada tilovat barcha ibodatning avvalida sanalgan: “Albatta, Allohning kitobini ... batafsil »

Hajning nozik sirlari

Avvalo, hajning mohiyatini fahmlab yetishi lozim. Ya’ni, hajning dindagi o‘rnini fahmlagan odamning unga shavqi ortadi va haj qilishga azmu qarori kuchayadi. Hajning har bir amalida ma’lum bir eslatma va ibrat bor: Hajga kerak bo‘ladigan narsalarni jamlaganda oxiratga kerak bo‘ladigan narsalarni esiga olsin. Ehromga kirayotganda, oddiy kiyimlarini yechayotganda kafanni va Robbiga bu dunyo kiyimlaridan boshqacha kiyim bilan ro‘baro‘ bo‘lishini esga olsin. ... batafsil »

Qadar Allohning sirridir

Shunday ishlar borki, ular qudrati Oliya bilangina, amalga oshadi, Odamlar xoh sezsinlar, xoh sezmasinlar, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda ular ijro etiladi. Masalan, aqldagi zako yoki g‘abo miqdori, mizojdagi sokinlik yoki tajovuzkorlik, jussaning balandligi yoki pakanaligi, jamol yoxud qabohat, hayot va o‘lim, sog‘lik va xastalik, boylik va faqirlik, xullas, shularga o‘xshash barcha narsalarda insonning qo‘li yo‘q. Ya’ni, bu ishlarga aralashishga uning ... batafsil »

Ma’naviy rizq

Alloh taolo insonning ichki dunyosini ham xuddi jasadini, tanasini rizqlantirganidek rizqlantiradi. Alloh taolo bir insonni namozni to‘kis ado qiladigan qildi, yoki haj ibodati bilan ikrom qilsa bilsinki Alloh taolo tomonidan ulkan rizq bilan rizqlanibdi. Banda uchun Alloh taoloning ulkan rizqi, bilsinki, uning peshonasini sajdaga qo‘ydirib qo‘yishligidir. Inson ba’zida arzimas dunyo kelib qolsa xursand bo‘ladi, lekin qimmatbahosi bu emas. Inson Qur’on ... batafsil »

“Ey Alloh, sendan faqat roziligingni so‘rayman, boshqa narsani so‘ramayman”

Inson o‘zining jahlini, achchig‘ini ichiga yutib sabrli bo‘lishligi uchun avvalo unda achchig‘ini chiqaradigan biror holat yuz berish kerak bo‘lganidek, Alloh ham bandasiga rizq berishni iroda qilganida, bandani ham shu beradigan rizqiga muhtoj holatga keltirib qo‘yadi. Agar shunday holatga tushmasa muhtojligini his qilmas edi. Shunda banda uni yoki odamlardan so‘raydi, yoki Allohdan so‘raydi. Alloh uni imtihon qilib sinar ekan, “Qani bandam ... batafsil »

Bomdod namoziga tura olmaslik (va uning davosi)

Savol: Bir qardoshim shunday deb shikoyat qildi: “Ko‘pincha bomdod namozini o‘tkazib yuboraman. Kamdan-kam holda o‘z vaqtida ado qilaman. Aksar holatda quyosh chiqqandan keyin uyg‘onaman. Mabodo uyg‘onsam ham jamoatni qo‘ldan boy bergan bo‘laman. Uyg‘onish uchun ko‘p harakat qildim. Lekin foydasi bo‘lmadi. Bu muammoning yechimi nima?” Javob: Alloh ta’ologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin. Endi, bu muammoning yechimi – boshqalari kabi – ikki ... batafsil »

Ahli kamolni tanishning hakimona me’yori

Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy rahimahulloh shunday dedilar: “Biror olimning ilmdagi maqom va darajasini bilish kerak bo‘lsa, buni talabalardan so‘raladi. So‘fiy va pirning darajasini bilish uchun esa o‘z zamonasida tariqat ahli bo‘lgan mashoyixlarning u bilan qiladigan muomalalariga qarash kerak. Ular uni holi sodiq (rost) pir deb biladilarmi yoki unday emasmi? SHo‘ o‘rinda bir shohiy sartaroshning qissasi yodimga keldi. Bir marotaba ... batafsil »