Bosh sahifa » Ilm (саҳифа 2)

Ilm

Dushanba og‘ir kun…mi?

“Dushanba – og‘ir kun”, ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda ommalashgan, hatto xalqimiz orasida ham hazil aralash ko‘p bor takrorlanadigan bu gapning biror asosi bormi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Ayrim G‘arb davlatlarida dushanba kunini og‘ir kun deb xush ko‘rilmaydi, ammo dushanba kunining dinimizdagi o‘rni, ahamiyati juda ham katta. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) hayotlaridagi ko‘pgina ajoyib voqealar aynan shu kuni ro‘y bergan. Ilm-fan shiddat bilan ... batafsil »

Majolisi Hakimul umma. Nafs ishrofining haqiqati

12-majlis. Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: Bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: “Tama’ va nafs ishrofisiz biror hadya kelsa, unda baraka bo‘ladi. Ishrof bo‘lganida esa baraka bo‘lmaydi”. “Ishrof”ning ma’nosi “intizor bo‘lish”dir. Oldindan biror hadya olish umidi bo‘lsa, ya’ni nafs falonchi kishi hadya beradi deb kutib tursa, mana shu ishrofdir. Ishrofdan so‘ng hadya qabul qilish ahli botin nazdida ... batafsil »

Qur’oni karimga amal qilish haqqi

Qur’oni karim oyatlaridan shifo hosil qilish pokiza Qur’onning barakotlaridandir. Lekin bu baraka pokiza Qur’onning maqosidi (uni nozil qilishdan ko‘zlangan maqsadi) hamda uning huquqidan emas. Ya’ni Qur’ondan shifo hosil qilishning o‘zi bilan inson uning haqqini ado etgan hisoblanmaydi. Qur’oni karim dunyo va oxiratni isloh qilish, ikki olam saodatiga yo‘l ko‘rsatish uchun yuborilgan payg‘om, ya’ni ilohiy nomadir. Oxiratda bizdan Qur’oni karimning haqlari ... batafsil »

Majolisi hakimul umma. Taqvo va tavozu’

10-majlis. Hazrat Ashraf Ali Tahonaviyning otasi xonadoniy rais hamda sarvat sohibi edilar. Tirikchilik sababi bo‘lmish kasbi ham nojoiz emas edi. Lekin Hazratning nazarida biroz shubhali edi. Otasi vafot etgandan keyin merosdan o‘z hissasini olish masalasida ikkilanish bo‘ldi. U kishida o‘zicha hukm chiqarish odati yo‘q edi. Hazrat Ganguhiyga xat yozib, savol qildilar: “Mol shubhali bo‘lgani sababli o‘z hissamni olishga ikkilanmoqdaman. Olmay desam, keyinchalik ... batafsil »

Majolisi hakimul umma. 5-majlis

Har bir narsa o‘z haddining ichida foydali bo‘ladi. Haddidan oshsa, qanchalik foydali narsa bo‘lsa ham, zararli narsaga aylanadi Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: Xoshyatulloh (Allohdan qo‘rqish) barcha hasanot va xayrotning sarchashmasi va juda ham fazilatli narsadir. Lekin shu ham haddidan oshsa, insonni muattal (harakatsiz, sust) va bekor qilib qo‘yadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xoshyatulloh haqida qilgan ... batafsil »

Majolisi hakimul umma. Devband ulug‘larining Xudodan qo‘rqishi va o‘z muxoliflari bilan tutgan yo‘llari

6-majlis Hazrat mavlono Rashid Ahmad Ganguhiy quddisa sirruhu bid’at qarshisiga ba’zi risolalar yozgach, ahli bid’atlar tomonidan so‘kishlar yog‘ilib ketdi. Ba’zi mashhur ahli bid’atlar u kishining xilofiga so‘kishlar bilan to‘la risolalarni birin ketin bosib tarqata boshladilar. U vaqtda Hazrat Ganguhiyning ko‘zlari ko‘rmay qolgan edi. Mavlono Yahyo Hazratning xos va ishonchli xodimi bo‘lgani uchun pochta orqali kelgan xatlarni o‘qib eshittirar va xatlarga ... batafsil »

Majolisi hakimul umma (1-3)

1-majlis. Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: Hadisda shunday keladi: «Kimki bir o‘tirishda o‘tirsa, va (o‘sha o‘tirish tugagunicha) unda Alloh taoloni (loaqal bir marotaba) eslamasa, qiyomat kuni o‘sha o‘tirish uning uchun afsus va nadomat chekishiga sabab bo‘ladi». Bu gapni hamisha hayolingizda tuting. Biror o‘tirish, harakat va jim turishingiz Alloh zikridan xoliy bo‘lmasin. 2-majlis Tartib-intizom dinu dunyoning har bir ishida foyda ... batafsil »

Eslatma! Qurbonlik duosi

اللهم ان صّلوتِى وَنُسُكِى وَمَحْياىَ ومَمَاتِى لله رَب العالَمِينَ لا شَرِكَ لَهُ اللهمَّ تقَبّلْ هٰذه الأضحية بسم الله والله اكبر اللهم هذا منك ولك اللهم تقبل هذه الأضحية مني أو من فلان ـ “Allohumma inna solatii va nusukii va mahyaaya va mamaatii lillaaxi robbil ‘aalamiin. Laa shariika laxh Alloohumma taqobbal haazihil uzhiyyata. Bismillahi Alloohu akbar. Allohumma haaza minka va laka ... batafsil »

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Alloh rizoligi uchun Qurbon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi. Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan ... batafsil »

Qurbonlikning hukmi

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Qurbonlik ham ayni shundayki, Alloh ta’olo u uchun yil bo‘yida uch kunni xoslab qo‘ygandir: o‘n, o‘n bir va o‘n ikkinchi zulhijja. Ushbu uch kundan tashqari agar siz qurbonlik qilishni xohlasangiz, u holda Alloh ta’oloning nazdida uning xech qanday qadr-qiymati yo‘qdir. Chunki, qurbonlik biror jonivorni Alloh uchun so‘yishning nomidir. Bir tarafdan siz jonivorni ... batafsil »