Bosh sahifa » Ibrat

Ibrat

O‘zgalar qalbini xursand qilishlik

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: “Bir ajoyib voqea esimga tushib ketdi. Men bu voqeani padari buzrukvorim rahmatullohi alayhdan eshitganman. Juda ibratli voqeadir. Hazrat Mavlono Ashraf Ali Tahanoviy rahmatullohi alayhning ikki ayollari bor edi. Biri yoshi katta va biri yoshi kichik edi. Ikkisi Hazratga juda bog‘langan edilar. Lekin katta ayollari uzoq vaqtdan beri birga edilar va Hazratga ko‘proq ... batafsil »

Yo‘qolgan zirh

Hokim qilgan bir rivoyatga ko‘ra Jamal voqeasida hazrat Ali (roziyallohu anhu) ning zirhi yo‘qolgan edi. Bir kishi zirhni topib, sotib yubordi. Sal o‘tmay zirh bir nasoroda ekani ma’lum bo‘ldi. Shunda hazrat Ali (roziyallohu anhu) nasoro ustidan Qozi Shurayhga shikoyat qildi. Qozi huzurida hazrat Alining gapi rostligiga o‘g‘li Hasan bilan ozod etgan xizmatkori Qanbar guvohlik berdi. Shurayh: – Hasanning o‘rniga boshqa ... batafsil »

Choy o‘rniga kerosin

Hindistonlik buyuk ulamolardan Abdulhay Laknaviy aytadilar: “Men otam Mavlono Abdulhalim huzurida ilm o‘rgandim. 17 yoshimda men uchun o‘qilishi kerak bo‘lgan kitob qolmadi. 17 yoshimdan kitob yozishni boshladim”. Bu zotning ilmga, kitob yozishga xarisliklari shu darajada bo‘lgan ekanki, uylarining o‘rtasida xontaxta o‘rnatib, shunda doim kitob yozarkanlar. Kitob yozib turganlarida tahorat qistab qolsa, xayol sochilmasin deb, uyning to‘rttala tarafida ham bir xil ... batafsil »

Iymonlashish umidi

Donishmandlar deydilarkim: Haqiqatga ko‘rsatiladigan eng katta lutfu karam — unga amal qilmoqlik ekan. Ammo dunyoda hech nimaga haqiqatchalik mashaqqat bilan erishilmaydi. Haqiqatni izlash, unga yetish uchun oylar, ba’zan yillar zarur bo‘lar. Hayot shundayki, bunda haqiqatdan ko‘ra xatoni topish osonroq. Xato ko‘rinib turadi, uni darrov payqaymiz, haqiqat esa pinhona yashiringan bo‘ladi va uni har kim ham topavermaydi. Haqiqatga yetishmoqlikning eng asosiy ... batafsil »

Ko‘r ila do‘xtir

Yaxshig‘ina boy bir ko‘r kishi har vaqt bozorg‘a chiqib, har xil narsalar olurdi. Lekin ko‘zi ko‘rmag‘anlig‘i uchun yaxshi-yomonni ayira olmas edi. Yaxshi deb o‘ylab olg‘an narsalarining ko‘pi yomon narsalar edi. Bir kuni ko‘zining pardasini oldurmoq uchun bir do‘xtirni uyig‘a chaqirdi. Do‘xtir kelib, ko‘zini pardasini oldi. Bir necha kundan so‘ngra ko‘zi ochilub, uyidag‘i narsalarni ko‘rmoqqa boshladi. Bozordan olg‘on narsalarining har biri ... batafsil »

Birovdan so‘rash vaqtidagi xorlik

Amir Said ibn Os roziyallohu anhu ramazon oyida kishilarga taom ulashar ekan. Bir ziyofatdan keyin kishilar ketgach, uning huzurida qurayshlik bir yigit qoldi. Said unga: “Menda biror hojating bo‘lsa kerak”, dedi. U yigit: “Ha, Alloh amirni isloh qilsin!” , dedi. Said shamni o‘chirib, unga: “Nima hojating bor?”, dedi. Yigit: “Mo‘minlar amiri (xalifa)ga mening qarzim borligi va uy-joyga muhtoj ekanim haqida bildirib maktub yozib bersangiz”, dedi. Said: “Qarzing qancha”, deb ... batafsil »

Otalik farzi

Musulmonlar xalifasi Xorun ar-Rashid xalq hayotini o‘rganish uchun faqirona kiyinib, mol bozorini aylanib yursa, bir qassob bir qo‘yning bahosini so‘rabdi. Sotuvchi «20 tanga», deganini eshitib, qassob «qo‘yingizning 14 kilo go‘shti 4,5 kilo yog‘i bor. Uning narxi 15 tanga xolos», debdi va qo‘yni olmay ketibdi. Xalifa navkarlaridan biriga qo‘yni sotib olishni, ikkinchisiga qassob ortidan borishni buyuribdi. Bozordan qaytgach, o‘sha qo‘yni so‘yishibdi ... batafsil »