Bosh sahifa » Fatvolar

Fatvolar

Shayx Abdulaziz Mansur: «Noto‘g‘ri tushunibsizlar, bayram qilinglar, demadim. Yangi yilni nishonlash dinimizda yo‘q!»

Shayx Abdulaziz Mansur ijtimoiy tarmoqlarda yangi yil bayrami haqidagi fikrlariga nisbatan bo‘layotgan e’tirozlarga izoh berdilar: “Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alhamdulillah. Vassalatu-vassalamu a’la Rasulillah. Ammo ba’d.  Hurmatli aziz tinglovchilar! Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barakotuh. Kuni kecha milodiy yangi sana mavzusida efir orqali chiqish qilgan edim. Uni “Ziyo” studiyasi bir soat yozib olgan edi. Eshituvchilarga tushunarli bo‘lsin, deb men dalillar bilan manbalarini ... batafsil »

Qurbonlikning terisi nima qilinadi?

Savol: Qurbonlikning terisini sotish joizmi? Javob: Qurbonlikning terisi uning go‘shti kabi pulga sotilmaydi. Agar sotsa qiymatini faqirlarga sadaqa qilishi vojib bo‘ladi. Lekin puldan boshqa uyda iste’mol qilinadigan narsa evaziga (idish-tovoq kabi yeyilmaydigan doimiy iste’mol qilinadigan) almashtirilsa joiz. Savol: Bir kishi qurbonlikdan bir ikki hafta oldin qurbonlikka hayvon sotib olsa, yoki uyida boqayotgan hayvonni qurbonlikka niyat qilsa uning sutidan, yungidan foydalanishi ... batafsil »

Namozga doir fatvolar (“Ming bir fatvo”, 2-qism)

90- FATVO Namozning farzlaridan biri — bu qibla, ya’ni Makkai mukarrama shahridagi Ka’ba (Baytulloh) tomonga yuzlanish. Makka aholisi uchun qibla Ka’baning o‘ziga bevosita va bilvosita yuzlanish, deb ittifoq qilingan. Ammo Makkadan uzoqda yashovchi musulmonlar oldingi paytlarda yulduzlar va boshqa taxminlar asosida qiblani aniqlaganlar va masjidlar qiblasini ham shunga ko‘ra belgilaganlar. Masalan, bizning diyorimiz uchun Shayx Abu Mansur Moturidiy (quddisa sirruh)ning ... batafsil »

Tahoratga doir fatvolar (“Ming bir fatvo”, 1-qism)

1- FATVO Tahorat qilayotganda ko‘zlar qattiq yumilmaydi. Aks holda ko‘z atroflariga suv yetmasligi natijasida tahorat chala bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘zlar erkin yumib turiladi. Ochib ichiga suv yetkazish shart emas. «Olamgiriya», «Sirojiya», «Qozixon», «Muhit» 2- FATVO Tahorat va g‘uslda oyog‘i shol odam garchi kesganda ham sezmaydigan bo‘lsa-da, yuvishi vojibdir. «Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Yatima» 3- FATVO Oyoqlarini yog‘lagandan so‘ng yuvsa, yog‘ suvni ostiga ... batafsil »