Bosh sahifa » Allohning go‘zal ismlari

Allohning go‘zal ismlari

Allohning go‘zal ismlari. As-Salom

«Salom» sifati barcha nuqsonlardan salomat Zot, shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi Zot deganidir. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik va sog‘lik ato qiladi. Insonning o‘sib, ulg‘ayishi Allohning rahmatidir. Bu o‘sish mo‘’tadil va maqbul chegaraga yetgach, insonning bo‘yi o‘sishdan to‘xtaydi. Bir qarashda bu oddiy holat bo‘lib ko‘rinadi, ammo aslida bu ham Alloh taoloning katta ne’mati ekan. Zero, shunday ... batafsil »

Allohning go‘zal ismlari. Al-Quddus

Quddus sifatining ma’nosi shuki, bu Zot har qanday ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzahdir. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning O‘zigagina xosdir. Ushbu ism Qur’oni karimda ikki o‘rinda – Hashr surasining 23-oyati hamda Jum’a surasining 1-oyatida kelgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarida “Subbuuhun, Qudduusur Robbul malaaikati var-ruuh” (U Pokdir, Kuddusdir, farishtalar va Ruhning ya’ni ... batafsil »

Allohning go‘zal ismlari. Al-Malik

Barcha narsaning Egasi Malik – haqiqiy egadir. Undan o‘zga ega yo‘qdir. Shuning uchun bandalar faqat Unga qul bo‘ladilar. Hyech qachon bir qulning ikki xo‘jayini bo‘lmaydi. Shuning uchun banda o‘ziga o‘xshagan bandalarga emas, balki yagona Yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo‘lishi lozim. Haqiqiy malik zotida ham, sifatlarida ham har qanday mavjudotdan behojatdir, barcha mavjudotlar unga muhtojdir. Demak, haqiqiy malik, ya’ni barcha narsaning ... batafsil »

Allohning go‘zal ismlari. Ar-Rahiym

Latif ne’matlar beruvchi. Bu sifat xosroq bo‘lib, «Qiyomat kuni faqat mo‘minlarga rahm qiluvchi» ma’nosini anglatadi. Bu ism Allohdan o‘zgalarga, jumladan, Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi. Allohning ar-Rahiym ismi at-Tavvob, al-G‘ofur, ar-Rouf, al-Vadud, al-Aziz sifatlari bilan yonma yon kelgan, chunki ar-Rahiym sifati xos rahmat, ar-Rahmon sifati esa umumiy rahmatdir. Faraz qilaylik, bir maktabda yangi o‘quv yili boshlandi. O‘qish davomida barcha talabalar ... batafsil »

Allohning go‘zal ismlari. Ar-Rahmon

Ulug‘ ne’matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo‘lib, barchaga – mo‘minga ham, kofirga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Ar-Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo‘lmaydi. «Ar-Rahmon» ismi Qur’oni karimda 45 o‘rinda zikr qilingan bo‘lib, olti o‘rinda «Ar-Rahiym» ismi bilan yonma yon kelgan. Ba’zi ulamolar ushbu ismni «ismi a’zam» deb hisoblashgan. Allohning ismi a’zami har ... batafsil »

Allohning go‘zal ismlari. Alloh

A’rof surasining 180-oyatida: «Allohning go‘zal ismlari bor, ular bilan duo qilinglar», deyilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning to‘qson to‘qqizta – bir kam yuzta ismi bor. Kim ularni sanasa, jannatga kiradi. Alloh toqdir va toqni yaxshi ko‘rur», dedilar. Bu hadisni Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Imom Termiziy va boshqa muhaddislar hadisning davomida ... batafsil »