Bosh sahifa » Muallif arxivlari: siteadmin (саҳифа 8)

Muallif arxivlari: siteadmin

Qur’oni karimga amal qilish haqqi

Qur’oni karim oyatlaridan shifo hosil qilish pokiza Qur’onning barakotlaridandir. Lekin bu baraka pokiza Qur’onning maqosidi (uni nozil qilishdan ko‘zlangan maqsadi) hamda uning huquqidan emas. Ya’ni Qur’ondan shifo hosil qilishning o‘zi bilan inson uning haqqini ado etgan hisoblanmaydi. Qur’oni karim dunyo va oxiratni isloh qilish, ikki olam saodatiga yo‘l ko‘rsatish uchun yuborilgan payg‘om, ya’ni ilohiy nomadir. Oxiratda bizdan Qur’oni karimning haqlari ... batafsil »

Majolisi hakimul umma. Taqvo va tavozu’

10-majlis. Hazrat Ashraf Ali Tahonaviyning otasi xonadoniy rais hamda sarvat sohibi edilar. Tirikchilik sababi bo‘lmish kasbi ham nojoiz emas edi. Lekin Hazratning nazarida biroz shubhali edi. Otasi vafot etgandan keyin merosdan o‘z hissasini olish masalasida ikkilanish bo‘ldi. U kishida o‘zicha hukm chiqarish odati yo‘q edi. Hazrat Ganguhiyga xat yozib, savol qildilar: “Mol shubhali bo‘lgani sababli o‘z hissamni olishga ikkilanmoqdaman. Olmay desam, keyinchalik ... batafsil »

Majolisi hakimul umma. 5-majlis

Har bir narsa o‘z haddining ichida foydali bo‘ladi. Haddidan oshsa, qanchalik foydali narsa bo‘lsa ham, zararli narsaga aylanadi Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: Xoshyatulloh (Allohdan qo‘rqish) barcha hasanot va xayrotning sarchashmasi va juda ham fazilatli narsadir. Lekin shu ham haddidan oshsa, insonni muattal (harakatsiz, sust) va bekor qilib qo‘yadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xoshyatulloh haqida qilgan ... batafsil »

Irim va shumlanish haqida

Shumlanish borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadisi shariflarida: “Uch narsadan mening ummatim hanuz qutula olmaydilar. Bu – hasad, badgumonlik, va irimdur. Shu narsalardan qutilish yo‘li shuki, hasad qilsangiz, zulmga o‘tmang. Gumonu-shubha qilsangiz, uni haqiqat hisob qilib, unga asosan ish tutmang. Biror irim qilinadigan narsaga duch kelsangiz, Alloh taologa tavakkul qilib, yo‘lingizda va ishingizda davom etib ketavering!”. Shumlanish, irim-sirim qadim-qadimdan ... batafsil »

Majolisi hakimul umma. Devband ulug‘larining Xudodan qo‘rqishi va o‘z muxoliflari bilan tutgan yo‘llari

6-majlis Hazrat mavlono Rashid Ahmad Ganguhiy quddisa sirruhu bid’at qarshisiga ba’zi risolalar yozgach, ahli bid’atlar tomonidan so‘kishlar yog‘ilib ketdi. Ba’zi mashhur ahli bid’atlar u kishining xilofiga so‘kishlar bilan to‘la risolalarni birin ketin bosib tarqata boshladilar. U vaqtda Hazrat Ganguhiyning ko‘zlari ko‘rmay qolgan edi. Mavlono Yahyo Hazratning xos va ishonchli xodimi bo‘lgani uchun pochta orqali kelgan xatlarni o‘qib eshittirar va xatlarga ... batafsil »

Hajjoj ila darvesh

O‘tgan zamonda Hajjoj ismli bir zolim podshoh bor edi. Ko‘p ulamo va saidlarning boshlarini kesmish va qonlarini to‘kmish edi. Aning jabr va zulmi shul darajaga yetmishdur, tarix kitoblarining har birida aning ismini Hajjoji zolim deb yod qilmishlar. Mana ushbu Hajjoj bir kun yo‘lda bir darveshga yo‘liqdi. Oldiga chaqirib: «Ey darvesh, manim haqimga bir yaxshi duo qil!» — dedi. Darvesh qo‘lini ... batafsil »