Bosh sahifa » Muallif arxivlari: siteadmin (саҳифа 20)

Muallif arxivlari: siteadmin

Qabr ziyoratchisining duosi

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: أَتَانِي جِبْرِيلُ فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ قَالَتْ: قُلْتُ كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: قُولِي السَّلاَمُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا وَالْمُسْتَأْخِرِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلاَحِقُونَ. وَفِي رِوَايَةِ السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ ... batafsil »

Qabr ziyorati

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “…Bas, u(qabr)larni ziyorat qiling. Albatta, ular oxiratni eslatadi”, dedilar (Hadisning to‘liq matni quyida keltiriladi). Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishning hikmatlaridan asosiysini eslatib o‘tmoqdalar. U ham bo‘lsa, oxiratni eslashdir. Oxiratni eslagan odam esa dunyoni qo‘yib, oxirat harakatini ko‘proq qiladi. Yana o‘lganlarni ko‘rib, ibrat olish, o‘limni yodga olish, dunyo muhabbatini ketkazish, manmanlik, maqtanish ... batafsil »

Qalb ko‘zi ko‘r bo‘lmasin

Bayt: Az asoyi xud xatar dorand ko‘ron vaqti jang, Be basirat az dalili xesh mulzam meshavad. Tarjimasi: Jang vaqtida ko‘rlarga o‘z hassalari xatar bo‘ladi. Basiratsiz (qalb ko‘zi ko‘r, nodon) kishi o‘zi keltirgan dalil bilan mulzam bo‘lib qoladi. A’mo kishi ko‘zi ochiq odam bilan jang qilsa, raqibi uning qo‘lidagi hassani osongina olib qo‘yib, unga qarshi ishlatib uni mag‘lub qilishi mumkin. U ... batafsil »

O‘tganlarni xotirlash

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: اذكروا محاسن موتاكم، وكفوا عن مساويهم Ya’ni: “Sizlar mayyitlaringizni yaxshi sifatlarini zikr qilingiz va yomonliklaridan tilingizni tiyingiz”, deganlar (Abu Dovud rivoyati). Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilarki, shu o‘rinda bir savol paydo bo‘ladi. Tirik insonlarning ortidan ham yomonlab gapirish joyiz emas. Balki, tiriklarning ham faqat yaxshiliklarini gapirish kerak. Agar ortlaridan yomonliklari gapirilsa, u holda ... batafsil »

Keksalik

Bayt: Maxand ey navjuvon, zinhor bar mo‘yi safedi mo, Ki, in barfi parishon bar sari har bom meborad. Tarjimasi: Ey yosh yigit, bizning oq sochimizga hargiz kula ko‘rma. Chunki, bu parishon (har tomon sochilgan) qor hamma tomning boshiga yog‘adi. Keksalarning holi aynan keksalik tufayli salbiy tomonga o‘zgarishi, soch-soqollarga oq tushishi, kuch ketib, quvvatdan qolish, ko‘z, quloq, qo‘l-oyoqlarning ham zaiflashishi e’tiboridan ... batafsil »

“Obro‘yimizni gavhar evaziga bermaymiz”

Bayt: Mo obro‘yi xesh ba gavhar namedihem, Buxli bajo ba himmati Hotam barobarast. Tarjimasi: “Biz “o‘z obro‘yimizni gavhar evaziga bermaymiz. O‘z o‘rnida bo‘lgan baxillik Hotamning himmatiga tengdir”. Dunyoning arzimas matohini qo‘lga keltirish uchun o‘zimizga o‘xshagan bir banda huzurida laganbardorlik qilib, obro‘mizni to‘kishga rozi bo‘lmaymiz. Biz molu dunyomizni qurbon qilib, tarqatishga saxiy bo‘lsak ham, obro‘ni qurbon qilishga kelganda baxilmiz. Zero baxillik ... batafsil »

Sahl ibn Abdulloh Tustariy

Zamona olimlari Sahl Tustariy to‘g‘risida, u shariat bilan haqiqat orasini jam qilgan edi, der edilar. Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytadilar: Alloh ruhimga: «Oyo, men Robbingiz emasmanmi?» degani hanuz mening esimda bor. “Men: “Robbimizsan!”, deb javob berdim. Va yana aytadilar, men uch yoshimda namoz o‘qir edim. Tog‘am Muhammad ibn Savvor meni ko‘rib qolsalar yig‘lar edi. Bir kuni men aytdim: – Ey ... batafsil »

Harom luqmaning oqibati

Hazrat Mavlono Muhammad Ya’qub Nonutviy rahmatullohi alayh aytadilar: “Bir kuni bir kishining taklifiga ko‘ra uning uyiga taom yeyish uchun bordim. Endigina bir luqma og‘zimga solgan edim, taomda shubha bor, u halol daromaddan emas degan his keldi. Surishtirgandan keyin ma’lum bo‘ldiki, haqiqatda halol daromaddan emas ekan. Lekin o‘sha harom luqma beixtiyor tomog‘imdan o‘tib ketdi. Men unga tavba va istig‘for qildim. Lekin, ... batafsil »

Yaxshi amal qilishlik fikri “Allohning mehmoni”dir

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Hakimul ummat, Hazrat Mavlono Ashraf Ali Tahanoviy quddisa sirruh shunday der edilar: “Qalbga falon yaxshi amalni qilib olayin degan o‘y kelishini so‘fiylar istilohida “vorid” deydilar. Ya’ni, men falon ishni qilib olayin, namoz o‘qib olayin, tahajjud o‘qib olayin, avvobiyn namozi o‘qib olayin, ishroq namozi o‘qib olayin, choshgoh namozi o‘qib olayin, sadaqa qilib olayin, ... batafsil »

Nafsni o‘ldir

Bayt: Makun bar nafs rahmat bar tu chun rohi xato girad, Sazoyi kushtanast on sag ki poyi oshino girad. Tarjimasi: Nafs (o‘zingniki bo‘lat turib) seni xato yo‘lga boshlasa, unga rahm qilma. O‘z oshino (tanishi va ega)sining oyog‘idan olgan it o‘ldirilishga loyiqdir. Mujavharot, 38-b. batafsil »