Bosh sahifa » Muallif arxivlari: siteadmin

Muallif arxivlari: siteadmin

Islom elchisi

«Islom elchisi» boʻlmish Mus’ab roziyallohu anhu Islomga kirganida yoshgina yigit edi. U Islomida sobit tura olgan buyuk sahobalardan hisoblanadi. Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu Abu Lahab va Abu Jahllarga betma-bet tura oldi. Islomga kirganidan soʻng onasining yomon muomalasiga sabr qila oldi. Onasi uni qamab qoʻyib ovqat bermas edi. U Habashistonga dinini saqlash uchun hijrat qilganlar safida bor edi. Soʻng yana ... batafsil »

Gʻarblik xolis mutafakkirlarning Paygʻambarimiz (alayhissalom) haqlaridagi tavsiflari

Bugungi kunimizda butun olam Muhammad alayhissalomning zotlariga, sifatlariga va ta’limotlariga qanchalik muhtoj ekanini oʻtgan asrning buyuk aql egalaridan biri, zabardast ingliz mutafakkiri va yozuvchisi Bernard Shou oʻzining: «Agar Muhammad paygʻambar tirik boʻlganida, zamonamiz muammolarini bir piyola choy ustida hal qilgan boʻlar edi», degan soʻzlari bilan ifodalagan edi. Agar buyuk yozuvchining bu soʻzlari Bernard Shouga oʻxshash gʻarbliklar uchun shonu sharaf boʻladigan ... batafsil »

«Yazid haqida Allohdan qoʻrq! Alloh haqida Yaziddan qoʻrqma!»

Hasan Basriy rahimahullohning gapiga Alloh taolo kuchli ta’sir kuchini ato qilgan edi. Uning gaplari insonlarning qalbiga kirib borar, sulton va voliylar huzurida haqni boʻyamasdan gapira olar edi. Ibn Xallikon rivoyat qiladi: «Umar ibn Hubayra Fizoriy Iroqqa voliy boʻldi. Unga Xuroson ham qoʻshib berildi. Bu voqea xalifa Yazid ibn Abdulmalikning davrida boʻlgan edi. Voliy Ibn Hubayra huzuriga Hasan Basriy, Muhammad ibn ... batafsil »

Allohning goʻzal ismlari. Al-Moʻmin (7)

Moʻmin-iymon va omonlikni beruvchi. Al-Moʻmin soʻzi Qur’oni karimning faqat bitta joyida, ya’ni «Hashr» surasining 23-oyatida kelgan. Aslida moʻmin kalimasining ma’nosi tasdiqlovchi degan soʻzni anglatadi. Bunga «Yusuf» surasining quyidagi 17-oyati dalildir. «Endi rost gapirsak ham, sen bizlarga aslo ishonmaysan». Demak moʻmin tasdiqlovchi degan ma’nodadir. Moʻmin kishi tasdiqlaydi, itoat qiladi, amaliy tatbiq qiladi. Eshitgan zahoti amalga oʻtadi. Masalan, bogʻda bir ilonni koʻrib ... batafsil »

Zikrning foydalari haqida solihlarning soʻzlari

Ummu Dardo roziyallohu anho Alloh taoloning “Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir” degan oyati karimasini quyidagicha tafsir qilganlar: “Namoz oʻqishing ham Allohni zikr qilishdandir. Roʻza tutishing ham Allohni zikr qilishdandir. Qiladigan har bir yaxshi amaling va gunoh boʻladigan har bir ishdan saqlanishing ham Allohni zikr qilishdandir. Bundan ham afzali esa Allohni noloyiq boʻlgan sifatlardan poklashdir”. Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayh Alloh ... batafsil »

Nabiy alayhissalom Oʻz nafslari uchun intiqom olmaganlar

U zot Oʻzlariga qarshi eng odobsiz va eng adolatsiz soʻz aytilganda ham garchi, u soʻz qalblariga benihoya ogʻir botsa ham, gʻazablari junbushga kelganidan yuzlari oʻzgarib qolsa ham baribir, nafslari ustidan gʻolib kelib: “Muso (alayhissalom)ga bundan battarroq ozorlar berishgan lekin, u kishi sabr qilganlar”, deya oʻzlariga taskin berib, ketaverganlar. Oʻshanda jangdan soʻng oʻljalar taqsim qilinayotganda ansorlardan boʻlgan bir kishi Nabiy alayhissalomning ... batafsil »

“Nega sen qanoti singan qushga ovqat beradigan sogʻlom qush boʻlmaysan?!”

Xalaf ibn Tamimdan rivoyat qilinadi: “Ibrohim ibn Adham rahimahulloh va Shaqiq Balxiy rahimahulloh Makkada uchrashib qolishdi. Ibrohim soʻradi: – Ishingni avvali (soʻfiylik) qanday boʻlgan? Shaqiq dedi: – Sahroda ketayotgan edim. Sahroda qanotlari sinib yerda yotgan bir qushni koʻrdim. Uning qayerdan rizqlanishini koʻraman deb undan uzoqroqda turib kuzatib turdim. Bir qush ogʻzida chigirtka bilan uchib keldi. Qanoti singan qushning ogʻziga chigirtkani ... batafsil »

“Tasavvufning hukm va masalalari ham sharʼiy ahkomlardir”

Haqiqiy tasavvufning hukm va masalalari ham darhaqiqat sharʼiy ahkomlardir. Lekin fiqh kitoblarida bir xos sabab tufayli yozilmagan. Odamlar umuman olganda tasavvufning asl haqiqatini anglab yetmadilar. Avrod, vazifalar, mashgʻulotlar, kashf, ilhom, zavqlar hamda mavojidlar (turli kayfiyatlar)ning nomini tasavvuf deb nomlab oldilar. Mana shu sababli u sharʼiy ahkomlardan alohida boshqa bir narsadek koʻrinadi. Aslida esa tariqat shariatga mukammal amal qilishning nomidir. Namoz, ... batafsil »

Qilmish-qidirmish…

Kichik qishloqda gap tez tarqaladi: emishki, baqqol tarozidan urib qolib, odamlarni aldayotgan ekan. Hammasi novvoyning qishloq qozisi oldiga shakar sotuvchi savdogar ustidan shikoyat qilib borishidan boshlandi. “Men undan pishiriq uchun har kuni yuz misqol (500 gramm) shakar sotib olaman. Odatimga koʻra, undan olgan shakarni ishlatishdan oldin taroziga tortdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, muttaham savdogar menga sotgan qadoqda yuz emas, sakson ... batafsil »

Oʻtkir Hoshimov. “Toʻychiboy”

Toʻychiboy toʻy qiladigan boʻldi: sunnat toʻy… “Sabzi toʻgʻrar”ga kelgan mahalla oqsoqollari “yuz kilo guruch damlash shartmi, oʻzingizni qiynamay qoʻya qoling”, degan edi, astoydil xafa boʻldi: – Nima, men odammasmanmi? Oʻzimga yarasha orzu-havasim bor, ulfatlarim bor… Men ham yurtning oshini yeganman… …Shunday boʻldi… Yuz kilo emas, yuz yigirma kilo osh damlandi… Tong otmasdan hofizlar xonish qildi… Guras-guras odamlar keldi… Toʻychiboy “yuz ... batafsil »