Bosh sahifa » Ilm » Yangi yilni nishonlashlik va uni muborakbod etishlikning hukmi

Yangi yilni nishonlashlik va uni muborakbod etishlikning hukmi

Jomi’a Dorul ulum Karachi muftiysi, Hazrati Mavlono Abdurrauf Sukkarhviy hafizahulloh aytadilar:

«Islomda yangi yilni nishonlashlikning biror tasavvuri yo‘q. Xoh u shamsiy yil bo‘lsin yoki qomariy. Shunga ko‘ra, musulmonlar uchun nasorolarni yangi yil ila muborakbod qilishlik, ularning noto‘g‘ri aqiydalarini quvvatlashlik bo‘lgani sababli durust emasdir. Yangi yilni odatiy tarzda nishonlashlik va unda uyushtiriladigan umuman olganda behisob munkar ishlarga asoslanadigan yig‘inlarda sherik bo‘lishlik joyiz emasdir.

Yangi yilning boshlanishida xayri duo qilishlikning hukmi.

Albatta, qomariy yil bo‘lsin yoki shamsiy, uning boshlanishida agar inson kelayotgan yil va kelayotgan hayot uchun xayri duo qilsa, garchi shari’atda sobit bo‘lmasa-da, lekin zohiran unda biror xaraj yo‘q. Chunki, har oyning boshlanishida, har kechaning boshlanishida va har kunning boshlanishida qilinadigan duolar mustanad hadislar ila sobitdir. Ular quyida zikr qilinadi. Shuningdek, bunday o‘rinda dinning biror nasihatiga asosan gap aytishlikda ham biror xaraj yo‘q.

Oyning boshidagi duo.

اللهم أهله علينا باليمن والايمان و السلامة والاسلام والتوفيق لما تحب و ترضى، ربي و ربك الله

Ya’ni: «Ey, Allohim! Bu oyni bizga baraka, iymon, salomatlik, islom va Sen yaxshi ko‘radigan va rozi bo‘ladigan amallarga tavfiq oyi qilgin. (Ey, Oy!) Mening Robbim va Sening Robbing Allohdir».

Kechaning boshlanishidagi duo.

اللهم أسألك خير هذه الليلة و أعوذ بك من شر هذه الليلة و شرها بعدها

Ya’ni: «Ey, Allohim! Men Sendan bu kechaning yaxshiligini so‘rayman. Bu kecha va undan keyingi kechaning yomonligidan panoh so‘rayman».

Kunning boshlanishidagi duo.

اللهم إني أسألك خير هذا اليوم فتحه و نصره و نوره و بركته و هداه وأعوذ بك من شر ما فيه و شر ما بعده

Ya’ni: «Ey, Allohim! Men Sendan bu kunning yaxshiligini, fathini (maqsadlarda muvaffaqiyatni), nusratini, nurini, barakasini va hidoyatini so‘rayman. Unda va undan keyingi kunda bo‘ladigan yomonlikdan panoh so‘rayman».
Vallohu a’lam.

«Sane iysviy ki haqiqat» («Melodiy sananing haqiqati») kitobidan, 38-39- betlar.

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*