Bosh sahifa » Maqolalar » Mulohaza: Azon bizga nima uchun kerak?

Mulohaza: Azon bizga nima uchun kerak?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar namozga azon aytilsa, Shayton orqasidan yel chiqqan xolatda orqaga qochadi. Toki, azon eshitilmaydigan joygacha (boradi). Agar azon tugasa (shayton) yaqinlashadi, agar namozga takbir aytilsa, (shayton yana) orqaga qochadi. Hattoki, (namoz o‘quvchi) kishi va o‘zi o‘rtasida xatar paydo bo‘ladi”, deb marhamat qiladilar.

Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy (rahmatullohi alayh) o‘zlarining “Fathul Boriy” kitoblarida: “Shaytonning Qur’on va namozdagi zikrlarni eshitishdan boshqa – azon va takbirda tumtaraqay bo‘lib qochishining hikmati: “Qiyomat kunida muazzinga guvohlik bo‘lmasligi uchun” – deb aytiladi. Chunki, “Muazzin uchun jin va inson Qiyomat kunida guvoh bo‘ladilar” – deb keltiradilar”.

Xulosa, bir o‘lkada azon tovushi yangrab turar ekan, u hududda shaytonning yomonligi va uning vasvasasi, insonlarning o‘rtasidagi fitna, poraxo‘rlik va tushunmovchiliklar, o‘z joniga qasd qilish (suiqasd), yoshlarning o‘rtasida avj olib borayotgan muammolar, jinlarning insonlarga tegishi, sehr-jodu va issiq-sovuq amallar hamda shu kabi turli zararli illatlar kamayadi.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*