Bosh sahifa » Maqolalar » Toshkentda «yo‘lovchi masjidlari» qurilishi to‘g‘risidagi xabarga munosabat

Toshkentda «yo‘lovchi masjidlari» qurilishi to‘g‘risidagi xabarga munosabat

Kuni kecha ayrim internet OAVda Toshkent shahrida yo‘l bo‘ylarida yo‘lovchilar uchun kichik namozgohlar quriladi. Bu haqda o‘tgan haftaning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov ma’lum qilgan, deb xabar tarqaldi.

Shuningdek xabarda poytaxtdagi 11ta tumanning har birida ikkitadan shunday namozgohlar barpo etilishi, qayerlarga yo‘llar chetlarida tahoratxonalar va namozxonalar qurish bo‘yicha tavsiyalarini berilishi, deyilgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Sergeli va Bektemir tumanlarida bittadan yangi jome’ masjidlari quriladi, deb ma’lumot tarqatilgan

Bu xabar yuzasidan O‘MI Toshkent shahar vakilligi quyidagicha xabar beradi: Har bir tashkilot idora doirasida bo‘lgani kabi O‘MI Toshkent shahar vakilligi tomonidan ma’lum muddatlarda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi imom-xatiblarning yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan ichki masalalar bo‘yicha belgilangan vazifalar tushuntiriladi. Istiqboldagi rejalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildiriladi, takliflar o‘rganiladi.

Yig‘ilishda bildirilgan Toshkent shahrida yo‘l bo‘ylarida yo‘lovchilar uchun kichik namozgohlar qurilishi, poytaxtdagi 11ta tumanning har birida ikkitadan shunday namozgohlar barpo etilishi masalasi o‘zgacha talqin qilingan.

Aslida, yig‘ilishda tuman bosh imom-xatiblariga shahrimizda mahalliy aholi talablaridan kelib chiqib, “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish manfaatlarini e’tiborga olgan holda tumanlardan yangi namunaviy masjid (namozxona) qurish yuzasidan ikkitadan taklif berilishligi so‘ralgan. O‘n bitta tumandan berilgan jami 22 ta takliflar o‘rganilib, ulardan 2 ta namunaviy masjid (namozxona) qurish rejalashtirilgan.

Albatta, jamiyatimizda har bir soxada bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy soxadagi yangiliklar, islohotlar ham o‘z vaqtida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning huduudiy vakilliklari, masjidlarning rasmiy saytida tezkor va ishonchli yetkazilib borilmoqda. Yuqoridagi taklif mazmunidagi masala yuzasidan ham loyiha belgilangan tartibda tasdiqlansa albatta OAVda e’lon qilinadi.

Manba: Vakillik.uz

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*