Bosh sahifa » Ibrat » Iymonlashish umidi

Iymonlashish umidi

Donishmandlar deydilarkim: Haqiqatga ko‘rsatiladigan eng katta lutfu karam — unga amal qilmoqlik ekan. Ammo dunyoda hech nimaga haqiqatchalik mashaqqat bilan erishilmaydi. Haqiqatni izlash, unga yetish uchun oylar, ba’zan yillar zarur bo‘lar. Hayot shundayki, bunda haqiqatdan ko‘ra xatoni topish osonroq. Xato ko‘rinib turadi, uni darrov payqaymiz, haqiqat esa pinhona yashiringan bo‘ladi va uni har kim ham topavermaydi. Haqiqatga yetishmoqlikning eng asosiy sharti — haqiqatni sevmoqlikdir. Zotan, faqat haqiqatgina chinakam go‘zaldir, faqat ugina mehr-muhabbatga loyiqdir. Haqiqatni shunchaki sevish va gapirishning o‘zi kifoya emas, haqiqatni biron-bir ulug‘ maqsadni ko‘zlagan holda sevish va gapirish kerak bo‘ladi. Bir odam biror foydali haqiqatni ochgunicha, yuzlarcha odam omadsiz izlanishlar va ayanchli yanglishishlar bilan o‘z umrini xazon qilmog‘i ham mumkin. Haqiqat izlash vaqtichog‘lik bilan emas, hayajon va tashvishlar bilan o‘tadi. Ammo shunda ham baribir uni izlamoq lozim, aks holda, haqiqat topmasak, uni sevmasak, halok bo‘lmog‘imiz tayin. Haqiqatni o‘rgana turib, uch maqsadni ko‘zda tutish zarur: uni izlab topishimiz, topgandan so‘ng, albatta, isbotlashimiz, nihoyat, haqiqatni izohlab, isbotlayotganda uni soxtalikdan ajrata bilmog‘imiz shart.

Tohir Malik

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*