Bosh sahifa » Ilm » 360 ta bo‘g‘im!

360 ta bo‘g‘im!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Odam bolalaridan barcha kishi uch yuz oltmish bo‘g‘im bilan yaratilgan…”, deb aytdilar.

Imom Ahmad rivoyati.

Inson jismidagi bo‘g‘imlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘n to‘rt asr oldin belgilab, xabar berganlaridek uch yuz oltmishtadir. Axir Rasululloh salllallohu alayhi vasallamga Allohdan boshqa kim ham xabar bera olar edi. Ushbu ilmiy haqiqatga yigirmanchi asrning oxirlarida yetishildiku?!

– Umurtqada 147 ta bo‘g‘im.

– Ko‘krakda 24 bo‘g‘im.

– Yuqori tomonda, ya’ni yelka, tirsak, bilak va qo‘l suyaklarida 43 × 2 = 86 ta bo‘g‘im.

– Pastki tomonda, ya’ni son, tizza, to‘piq va oyoq suyaklarida 44 × 2 = 88 ta bo‘g‘im.

– Tosda 13 ta bo‘g‘im.

– Jag‘da 2 ta bo‘g‘im.

Jami: 147+24+86+88+13+2=360

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Sizlardagi har bir bo‘g‘im uchun har kuni tong otganda sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni, «Subhonalloh», deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. Yaxshilikka buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh (zuho) paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning o‘rniga o‘zi kifoya qiladi», dedilar»

Imom Muslim rivoyatlari.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*