Bosh sahifa » Ilm » Majolisi Hakimul umma. Nafs ishrofining haqiqati

Majolisi Hakimul umma. Nafs ishrofining haqiqati

12-majlis. Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: Bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: “Tama’ va nafs ishrofisiz biror hadya kelsa, unda baraka bo‘ladi. Ishrof bo‘lganida esa baraka bo‘lmaydi”.

“Ishrof”ning ma’nosi “intizor bo‘lish”dir. Oldindan biror hadya olish umidi bo‘lsa, ya’ni nafs falonchi kishi hadya beradi deb kutib tursa, mana shu ishrofdir. Ishrofdan so‘ng hadya qabul qilish ahli botin nazdida so‘rab olish bilan barobardir.

Hazrat ishrofi nafs haqida Xalil Ahmad Saharanpuriyning bir voqe’asini naql qilib aytdilar: «Bahovalpur viloyatining raislaridan biri dindor odam edi. U ko‘pincha olimlar va solihlarni chaqirib, ziyofat berib turardi. Qaytilayotgan vaqtda biroz hadya ham berar edi. Bir marotaba Devband va Saharanpur ulug‘larini chaqirdi. Men ham bordim. O‘z zamonasining faqih va ulug‘ kishisi Xalil Ahmad Saharanpuriyga shunday xayol keldi. Bu raisning hadya berish odati hammaga ma’lum. Shuning uchun bu yerga kelish bilan bu odam bir narsa beradi degan xayol paydo bo‘ladi. Bu esa ishrofi nafs bo‘lib, bu bilan hadya qabul qilish munosib emas.

Shunda men aytdimki: “Mening nazdimda ishrofi nafs shuki, unga xilof qilinganida kulfat va shikoyat bo‘lsin. Ya’ni chaqirgan kishi hadya bermasa, siqilib, undan shikoyat qilsangiz, shunda ishrof qilgan bo‘lasiz. Aks holda u vasvasa, xolos, ishrof emas”. Halil Ahmad Saharanpuriy mening javobimni ma’qul ko‘rdilar va tasdiq qildilar.

Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*