Bosh sahifa » Mav'izalar » Irim va shumlanish haqida

Irim va shumlanish haqida

Shumlanish borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadisi shariflarida: “Uch narsadan mening ummatim hanuz qutula olmaydilar. Bu – hasad, badgumonlik, va irimdur. Shu narsalardan qutilish yo‘li shuki, hasad qilsangiz, zulmga o‘tmang. Gumonu-shubha qilsangiz, uni haqiqat hisob qilib, unga asosan ish tutmang. Biror irim qilinadigan narsaga duch kelsangiz, Alloh taologa tavakkul qilib, yo‘lingizda va ishingizda davom etib ketavering!”.

Shumlanish, irim-sirim qadim-qadimdan johillarning odati va Payg‘ambarlarning dushmani bo‘lib kelgan. Alloh taolo Qur’oni karimda Fir’avn qavmi haqida hikoya qilib: “Bas, ularga yaxshilik kelganda: ”Bu bizga xos», -deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, Muso va u bilan birga (iymon keltirgan) kishilardan shumlanadilar. Ogoh bo‘lingki, ularning (yaxshi-yomon) amal(lar)i Allohning huzuridadir. Lekin (buni) aksariyatlari bilmaydilar», – dedi.

Oyati karima mazmunidan ko‘rinib turibdiki, Fir’avn qavmiga serhosillik va farovonlik, sihat-salomatlik kabi yaxshiliklar yetishsa, «Ha biz bularga sazovormiz, bu yaxshiliklar bizga bo‘lishi lozim», – deb aytishadi. Agar ularga balo-ofat, qahatchilik, ocharchilik yopirilsa, ular Muso alayhissalom va ul zot bilan birga bo‘lganlardan shumlanib: “Bularning barchasi Muso va uning qavmi sababidan bo‘ldi, ularning shumliklari kasofati bizlarga urdi”, – deb aytishardi. Ammo Alloh taolo ularning bu shumlanishlarini o‘zlariga qaytarib, haqiqiy ahvol to‘g‘risida xabar berib: “… Ogoh bo‘lingki, ularning (yaxshi-yomon) amal(lar)i Allohning huzuridadir …”, – deb aytdi.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*