Bosh sahifa » Ilm » Ma’naviy rizq

Ma’naviy rizq

Alloh taolo insonning ichki dunyosini ham xuddi jasadini, tanasini rizqlantirganidek rizqlantiradi. Alloh taolo bir insonni namozni to‘kis ado qiladigan qildi, yoki haj ibodati bilan ikrom qilsa bilsinki Alloh taolo tomonidan ulkan rizq bilan rizqlanibdi.

Banda uchun Alloh taoloning ulkan rizqi, bilsinki, uning peshonasini sajdaga qo‘ydirib qo‘yishligidir.

Inson ba’zida arzimas dunyo kelib qolsa xursand bo‘ladi, lekin qimmatbahosi bu emas.

Inson Qur’on o‘qidi va mana shu o‘qiganining ma’nosini ham Alloh bildirib, tafakkur qildirib qo‘ydi, mana shu rizq. Ro‘za tutgandi u orqali ruhiy bir narsani his qildi bu ham ulkan rizq. Taroveh o‘qidi, nashot, dadillik, tetiklik bilan ulkan zafar bu.

Goho inson vaqtini arzimas narsalarga sarf qilib yuboradi, uni qilsa ham bo‘lardi qilmasa ham bo‘lardi. Gohida esa vaqtini nihoyatda qimmatbaho narsalarga sarflaydi, vaqtini kerakli narsalarga sarflashi ham Allohning rizqidir. Arzimas narsalarga sarflashi esa Allohning rizqidan insonni mahrum qolishligidir.

Alloh taolo “Fajr” surasida:

(15) فَأَمَّا الْإِنْسَانُ إِذَا مَا ابْتَلَاهُ رَبُّهُ فَأَكْرَمَهُ وَنَعَّمَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَكْرَمَنِ

(16) وَأَمَّا إِذَا مَا ابْتَلَاهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَهَانَنِ

(17) كَلَّا بَل لَا تُكْرِمُونَ الْيَتِيمَ

(18) وَلَا تَحَاضُّونَ عَلَى طَعَامِ الْمِسْكِينِ

  1. “Bas endi insonni qachonki, Parvardigori imtihon uchun ikrom etib, unga ne’mat ato etsa, darhol: “Parvardigorim (loyiq bo‘lganim uchun) meni ikrom etdi”, der.
  2. “Ammo qachonki, (Parvardigori) uni imtihon uchun rizqini tang qilib qo‘ysa, darhol: “Parvardigorim meni xor qildi”, der.
  3. “Yo‘q aksincha sizlar yetimni ikrom qilmaysizlar”.
  4. “Miskin (bechoraga) taom berishga ham bir-biringizni targ‘ib qilmaysizlar”.

Robbing tomonidan xorlanishing uchun sen Robbingni qarz qilib qo‘ygan bo‘lsang edi, yoki uni zimmasiga berishlik vojib bo‘lsaydi, so‘ngra bermasa “U meni xorladi”, desang. Bu yerda inson o‘zini o‘sha ne’matga haqliman deb bilishligi va haqli deb bilmasligi bor.

Alloh taolo unga imtihon qilib, ne’matlar berib qo‘ysa, inson aytadiki: “Robbim meni ikrom qildi, men shu ikromga haqliman, loyiq edim”, deydi. Uni mana shu ne’matga loyiqligini qayerdan bilasiz? Chunki u Alloh undan olib qo‘yganda: “Robbim meni xorladi, men u ne’matga haqli edim”, deydida.

Alloh taolo insonga gohida zohiriy rizqini keng qilib, gohida tor qilib qo‘yadi, shuningdek ruhiy rizqini ham gohida tor, gohida keng qilib qo‘yadi. Gohida namoz o‘qiydi, u namozida na xushu’ bor, xatto qaysi surani zam qilganini ham esidan chiqaradi. Bu narsa Alloh taolo u bandaning ruhiy ozuqasini tang qilib qo‘ygani bo‘ladi.

Bir kishi aytadi: “Men hisobchiman, hisobda rosa adashib qiynalaman, lekin namozga kirishganimda uni yechimini topib olaman”, deydi. Bunga javob shuki, bunday holat yaxshilik emas, aksincha, Alloh tarafidan uning ruhiy rizqiga to‘siq bor, degani, chunki u namozda unday narsalarni o‘ylamasligi kerak edi.

Har bir gunoh ruhiy ozuqaga to‘siq bo‘ladi. Alloh tarafidan keladigan ruhiy rizqqa to‘siq bo‘lib turaveradi. Goho inson betoqatlik bilan: “Mana bir necha yildan beri hech qanday o‘zgarish yo‘q”, deydi, lekin inson bunga xafa bo‘lmasin, chunki buning misoli rosa chanqab turib suv ichib rohatlanganga o‘xshaydi. Gohida inson g‘aflatda qolganini bilib “hoy Qur’on o‘qimay qo‘yganimga ham bir necha kun bo‘ldi”, deb astoydil Qur’on o‘qishga kirishib ketadi. Chunki ba’zida ro‘zg‘orga go‘sht kelmay qolganidek, ruhiy rizqlar kechikib ham turadi, chunki shu rizqni mazasini yaxshiroq his qilish uchun, bandani bir maqomdan ikkinchi maqomga o‘tkazish uchun. Chunki Alloh taolo bandani bir maqomda turishini xohlamaydi. Bir necha yildan beri bir xil ibodat qilib kelyapti, oldiga biror nima qo‘shmayapti, ibodatini mukammallatmayapti, avvaldayam chala o‘qirdi hozir ham chala o‘qiyapti, bunday hollarda ham Alloh taolo undan ruhiy ozuqani to‘sib turaveradi. Masalan, bomdodga tura olmagani uchun ko‘nglida g‘ashlik paydo bo‘lib, o‘zini koyib qo‘yishi bir maqomdan ikkinchi maqomga o‘tishligi deb baholanadi.

Muhammad Rotib Nabulsiyning “Allohning go‘zal ismlari ensiklopediyasi” nomli   asaridagi Allohning «الرزاق» sifati bobidan Ilhomjon tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*