Bosh sahifa » Ilm » “Ey Alloh, sendan faqat roziligingni so‘rayman, boshqa narsani so‘ramayman”

“Ey Alloh, sendan faqat roziligingni so‘rayman, boshqa narsani so‘ramayman”

Inson o‘zining jahlini, achchig‘ini ichiga yutib sabrli bo‘lishligi uchun avvalo unda achchig‘ini chiqaradigan biror holat yuz berish kerak bo‘lganidek, Alloh ham bandasiga rizq berishni iroda qilganida, bandani ham shu beradigan rizqiga muhtoj holatga keltirib qo‘yadi. Agar shunday holatga tushmasa muhtojligini his qilmas edi. Shunda banda uni yoki odamlardan so‘raydi, yoki Allohdan so‘raydi. Alloh uni imtihon qilib sinar ekan, “Qani bandam kimdan so‘rarkin” deb.

Inson boshiga ba’zida turli ofatlar, qiyinchiliklar tushadi, shunda inson aytsinki:

يا ربي أنا محتاج فقير لأعطائك فأعطني

Ya’ni: “Ey Robbim, men muhtojman, faqirman, sen o‘zing bergin”, deb Allohga munojot qilsin.

Nafsingni faqat Allohdan so‘rashga odatlantirgin. Agar ayolingni namozda qoimligini ko‘rding, darhol: “Ya Robbiy, o‘zingga hamd bo‘lsin”, degin. Agar uni namoz o‘qimayotganini ko‘rsang unda ham Allohga “Ya Robbiy, uni namoz o‘qishini sendan so‘rayman”, degin.

O‘z o‘g‘lingni to‘g‘ri yo‘ldan toyganini ko‘rding “Ya Robbiy, o‘zing uni tarbiyasini go‘zal qil”, degin. Yoki biror ish seni tashvishga solyapti “Ey Robbim, o‘zing holimni yaxshilik tomonga o‘zgartir” degin.

Eng qimmatbaho narsaga muhtoj bo‘lgan kimsalar Allohga aytadilarki: “Menga jannatni nasib qilgin, menga ma’rifatingni, o‘zingni tanishlikni nasib qilgin. Sen mendan rozi bo‘lmasingdan turib meni vafot toptirmagin, avval rozi bo‘lib keyin vafot ettirgin”, deydi.

Boshqa kimsalar esa rosa yig‘lab: “Ey Robbim, falonchida ozgina pulim qoluvdi o‘shani qaytartirib bergin”, “falon ishimni bitirib ber”, deb rosa yig‘lab so‘ragan narsasining nihoyasi bu dunyoning ehtiyojidan uyog‘iga o‘tmaydi. So‘rovining hech biri oxirati uchun emas.

Chunki Alloh taolo Baqara surasining 200-oyatida:

فمن الناس من يقول ربنا ءاتنا فى الدنيا وماله فى الأخرة من خلق

200.“…Odamlar orasida shunday kimsalar ham bo‘ladiki, u: “Ey Robbimiz, bizga shu dunyoda bergin”, deydi. Vaholanki, unga oxiratda nasiba yo‘qdir».

و منهم من يقول ربنا ءاتنا فى الدنيا حسنة و فى الأخرة حسنة وقنا عذاب النار

201. Yana shundaylari ham borki, ular: “Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do‘zax azobidan asragin”, deydilar.

Inson yana bir maqomga chiqqanida Allohdan, “Ey Alloh, sendan faqat roziligingni so‘rayman, boshqa narsani so‘ramayman”, deb qoladi.

Muhammad Rotib Nabulsiyning “Allohning go‘zal ismlari ensiklopediyasi” nomli asaridagi Allohning «الرزاق» sifati bobidan Ilhomjon tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*