Bosh sahifa » Maqolalar » Viloyat odamlarining soddaligi

Viloyat odamlarining soddaligi

Ashraf Aliy Tahonaviy bir kuni shunday dedilar: «Aksar viloyatlarning odamlarida hozir ham soddalik, xolislik, muruvvat (odamgarchilik) va muhabbat bor. Lekin Hindistonning inglizlar g‘alaba qilgan joylarida na odob, na xolislik, na odamgarchilik va na soddalik bor. U yerdagi odamlarning har biri ko‘zingizga «Fir’avni besomon», ya’ni asbob-anjomsiz Fir’avn bo‘lib ko‘rinadi. O‘zi hech vaqosi yo‘q, lekin kibru g‘ururi olamni tutadi.

Viloyatlarning soddaligi haqida gap ketganda bir voqyea yodimga keldi. Undan ulamoning soddaligi bilan mamlakat voliylarining ham qay darajada sodda bo‘lganini bilib olsa bo‘ladi. Bo‘pal shahrida mavlono Abdulqayyum nomli juda ulug‘ olim yashar edi. Bir marotaba Bo‘pal viloyatining hokimi Sakandar Begim degan ayol u kishining ziyoratiga keldi. U xayrlashib qaytayotganida mavlono Abdulqayyum uning poyafzalini to‘g‘irlab qo‘ydi. Begim sohiba xijolat bo‘lib: «Hazrat, meni gunohkor qildingiz», dedi. Mavlono Abdulqayyum: «Men sizni ulug‘ kishi deb kavushingizni to‘g‘riladim», dedi. Begim sohiba: «Qaysi ishim uchun siz meni ulug‘, deb sanaysiz?» dedi. Mavlono shunday dedi: «Umrimning juda ko‘p qismi sizning shahringizda va’z aytish va beva ayollarni nikohlanishga targ‘ib qilish bilan o‘tdi. Lekin hozirgacha ularning birortasi ham turmush qurmadi. Mening ulug‘ligim shu. Endi siz ham o‘z ulug‘ligingizni sinab ko‘ring. Men aytgan masalada umumiy bir farmon chiqaring. Shunda ko‘rasiz, qani, nikohlanmagan birorta beva ayol qolarmikin? O‘shanda qaysi birimizning ulug‘roq ekanimiz ma’lum bo‘ladi». Begim sohiba aqlli hamda dindor ayol edi. Ertasi kuniyoq tong otishi bilan saroyda turib, bir muddatni belgilab: «Mana shu muddat ichida barcha bevalar nikohlanishi lozim, aks holda ular jazolanadilar», deb qaror qabul qildi. Darhaqiqat, o‘shanda ikki haftaga qolmay, Bo‘pal viloyatidagi barcha ayollar turmush qurgan. Mavlononing tadbiri qanday ish berganini ko‘rdingizmi? Bu voqyeada voliyning qay darajada sodda bo‘lgani yaqqol bilinadi, zero olimning ziyoratiga uning o‘zi kelgan. Olimning soddaligi shuki, ziyoratchining kavushini to‘g‘rilashni o‘zi uchun or deb bilmagan. Lekin u kishi o‘zining arzimas bo‘lib ko‘ringan birgina xizmati bilan Begim sohibaga ham juda katta diyniy bir xizmat qildirgan. Uning mazkur qarori qanchadan-qancha chorasiz ayollarning boquvchi bilan ta’minlanishiga sabab bo‘lgan, asosiysi, viloyatda zino tarqalishining oldi olingan.

Mavlono Abdulqayyum juda zarif, gapga usta, ziyrak kishi edi. Bir odam u kishidan savol so‘radi. Mavlono uning javobini aytgach, savol beruvchi hadisdan dalil keltirib berishni so‘radi. Mavlono shunday dedi: «Men yangi musulmon bo‘lgan emasmanki, hadisni ko‘rib, amal qilishni boshlasam. Mening ota-bobom hammasi musulmon bo‘lgan. Ularning qanday amal qilayotganini ko‘rgan bo‘lsam, o‘shanday amal qilib kelganman. Ular ham o‘zlarining kattalarini amal qilayotganini ko‘rgan. Silsila bizda ana shunday kelmoqda. Hadis talab qilish esa yangi musulmonning ishi» deb javob beradilar.

Juda ham ma’nosi chuqur, ajoyib gap. U zot bu gap bilan mazhabsizlarga ishora qilgan. Chunki ularning o‘zlarida ijtihod qilish salohiyati ham bo‘lmaydi, ijtihod sohibi bo‘lgan olimlarga taqlid ham qilmaydilar»

«Malfuzot», 5-j, 318-b.
Yorqinjon qori Foziljonov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*