Bosh sahifa » Bayt » Husni xulq

Husni xulq

Bayt:

Ba husni xulq dilhoro musaxxar metavon kardan,
Ba in anbar du olamro muattar metavon kardan.

Tarjimasi: «Go‘zal xulq bilan qalblarni zabt qilish mumkin. Bu mushki anbar bilan ikki olamni muattar qilish mumkin»

Inson o‘zining chiroyli xulqi va go‘zal muomalasi bilan boshqalarning qalblarini o‘ziga rom qiladi. Go‘zal axloqdan shu qadar shirin xo‘shbo‘ylik tarqaladiki, u bilan insonning bu dunyosi ham, oxirati ham muattar bo‘ladi. Husni xulq deb atalmish go‘zal sifat o‘z egasini ham, boshqalarni ham bahramand qiladi va barchaga birday rohat yetkazadi.

Yorqinjon Fozilov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*