Bosh sahifa » Bayt » Go‘zal xulq

Go‘zal xulq

Bayt:

Obu rangi surati zohir du ro‘zi besh nest,
Husni axloqi jamil az ro‘yi zebo behtarast.

Tarjimasi: «Zohiriy ko‘rinishning suvi hamda rangi ikki kundan ortiq emas. Go‘zal axloqning chiroyligi zebo yuzdan yaxshiroqdir»

Hoji Domla Hindistoniy rahimahulloh o‘z suhbatlaridan birida aytadilar: “Yuzingiz sutdek tiniq bo‘lib, qoshu ko‘zlaringiz qora bo‘lgani bilan bu chiroyning hech e’tibori yo‘q. Chunki bir isitma kasal bilan o‘zgarib qolasiz. Ammo sizda axloqiy zebolik bo‘lar ekan, bu – sizga dunyoda ham, qabrda ham bakor keladi”.

Bayt:

Agar az dasti ehson marhami dilho namegardi,
Ba xulq az xud tasalli dor bore ahli olamro.

Tarjimasi: «Agar ehson qo‘li bilan dillarga marham bo‘lolmasang, hech bo‘lmasa, go‘zal xulq bilan olam ahliga tasalli ber»

“Marham” deb singan suyak yoki kesilgan terini bir-biriga ulab, bitiradigan doriga aytiladi. O‘zbek tilida uni “malham” deb noto‘g‘ri shaklda ishlatiladi. Shoir aytmoqchiki, ehson qo‘li, ya’ni moddiy yordam berish bilan singan ko‘ngillarga marham bo‘lolmasang, o‘z go‘laz xulqing bilan olam ahlining qalbiga shodlik olib kel. Zero muhtojga moddiy yordam berishga hammada ham imkon bo‘lavermaydi. Ammo ikki og‘iz shirin so‘z bilan uning ko‘nglini olishni cho‘ntagida bir so‘m puli yo‘q kishi ham uddalasa bo‘ladigan ishdir.

Yorqinjon Fozilov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*